Parlament muhokamalaridan söng Belgiyaning barça yirik partiyalari bosqiçma-bosqiç tört kunlik iş haftasiga ötilişini ma'qulladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Tegişli qonun loyihasini yanagi haftada körib çiqiş rejalaştirilgan.

Belgiyada iş haftasini qisqartiriş boşqa mamlakatlarnikiga nisbatan farq qiladi. Mamlakatda iş haftasi 4 kunga qisqartirilsa-da, umumiy haftalik iş soati davomiyligi özgarmay qolişi, ya'ni kuniga 9,5 soatdan işlaş belgilanişi möljallanmoqda.

Sönggi vaqtda qator mamlakatlarda tört kunlik iş haftasini joriy etiş böyiça tajribalar ötkazilmoqda. Yaqinda Şotlandiya va Ispaniyada bir qism korxonalarning tört kunlik iş haftasiga ötişi e'lon qilindi, Islandiya poytaxti Reykyavikda esa 2015 yildan beri işçilar haftasiga tört kun işlaydi.