
Yangi Zelandiya kompaniyasi ikki oy davomida tört kunlik iş haftasida işlab, xodimlari baxtliroq va e'tiborliroq ekani, ularning unumdorliligi eski darajada qolganini kuzatdi. Endilikda ular ana şunday jadval böyiça işlaşmoqçi.
Uşbu yilning bahor faslida Yangi Zelandiyaning Perpetual Guardian kompaniyasi tajriba ötkazdi: xodimlar iş haqi kamaytirilmagan holda beş kun örniga tört kun işlaşdi. Yaqinda kompaniya natijalar bilan örtoqlaşdi: iş va şaxsiy hayot örtasidagi muvozanat hissi 54 foizdan 78 foizga ortdi. Xodimlardagi zöriqiş darajasi pasayib, ötkazib yuborilgan iş kuni ularning unumdorligiga ta'sir körsatmadi. Aksinça uşbu körsatkiç biroz kötarildi.

Kompaniya rahbari Endryu Barnsning sözlariga köra, u örtaça statistika böyiça britaniyalik işçi kuniga faqat 2,5 soat unumdor işlaşi töğrisidagi tadqiqotni öqigaç, tajriba ötkazişga qaror qildi. “Xodimlarga dam oliş kuni berilsa nima böladi, öşa kuni özlarining işga oid bölmagan kiçik işlarini bitirgan bölişardi, - deya öylandi Barns. Agar ularda bor-yöği tört kun bölsa, samaraliroq işlarmikanlar?”.
Barns fikrini xodimlar bilan bölişganida ularga çorşanba va juma kunlari qöşimça dam oliş kunlari bölsa öz unumdorlik darajalarini qanday qilib tuşirib yubrmaslik yöllarini topişni buyurdi.

Xodimlar majlis va ijtimoiy tarmoqlarga kamroq vaqt sarflaydigan bölişdi. Ular stol ustidagi maxsus signallar – masalan, kompyuter yonidagi bayroqça yoki kiçik gultuvakdan foydalanardilar. Bu belgilar xodimni bezovta qilmagan ma'qulligini anglatadi (tadqiqot natijalariga köra, odamga uni çalğitganlaridan keyin diqqatini işga qaratiş uçun 20 daqiqadan köp vaqt zarur bölarkan). Ofisda paydo böladigan xodimlar soni kamaygaç, şovqin darajasi va çalğituvçi omillar soni kamaydi. Işçilar vaqtini avvalgiga taqqoslaganda 20 foizga kam işda ötkazişlariga qaramay, ularning unumdorligiga zarar yetmadi.
















