O‘zbekiston | 07:45 / 12.09.2023
1558
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 7 oyda 2,5 mln nafar fuqaro sayyohlik maqsadida xorijga safar qildi

O‘zbekistonliklar yanvar-iyul oylarida eng ko‘p safar qilgan davlatlar orasida Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egallab turibdi.

2023 yilning yanvar-iyul oylarida 2,5 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qildi.

Statistika agentligi tomonidan ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonliklar yanvar-iyul oylarida eng ko‘p safar qilgan davlatlar orasida Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 1 mln.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 625,5 ming nafar va 421,4 ming nafar o‘zbekistonlik safarni amalga oshirgan Tojikiston hamda Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

Rossiya – 122,1 ming nafar;
Turkiya – 102,7 ming nafar;
BAA – 70,8 ming nafar;
Saudiya Arabistoni – 35,2 ming nafar;
Kuvayt – 21,2 ming nafar;
Misr – 15,1 ming nafar;
Ozarboyjon – 10,5 ming nafar;
Janubiy Koreya – 8,4 ming nafar;
Hindiston – 5,9 ming nafar;
AQSh – 5,8 ming nafar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid