Noyabrdan boshlab Toshkent jamoat transporti uchun moslashuvchan tariflar joriy etiladi. Endilikda yo‘lovchilar avtobus va metroga 1 400 so‘m emas, 2 ming so‘m yo‘lkira to‘laydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bunda naqd pul shaklida yoki bank kartalarti orqali to‘lov qiluvchilarga yo‘l haqi 2 000 so‘mdan, ATTO transport kartalaridan foydalaunvchilarga esa 1 700 so‘mdan tushadi.

ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansalar yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘lanadi. 1 soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba ma’lum bir manzilga harakatlanishi mutlaqo bepul bo‘ladi.
1 soat ichida avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tish bilan dastlab 1 700 so‘m, keyin 1 100 so‘m, uchinchi almashishda avtobusga chiqish bilan 700 so‘m to‘lanadi. To‘rtinchi marta almashtirishda esa yo‘lkira bepul bo‘ladi. Naqdsiz to‘lov va 1 soat ichidagi almashishlar uchun imtiyozli narxlardan faqat transport kartalari egalari foydalana oladi. Ular bilan quyida batafsil tanishish mumkin:

Ta’kidlanishicha, 1 soatlik almashish tariflarining 3 ta asosiy sharti bor. Unga ko‘ra, bu tarifdan foydalanuvchilarga avtobusning faqat old eshigidan chiqishiga ruxsat beriladi.
Yo‘lovchi birinchi transportga chiqishidagi to‘lov qilingan vaqtdan boshlab hisob davri boshlanadi. Bir soatlik tarifda imtiyozli narx metrodan faqat bir marta foydalanishga nisbatan tatbiq etiladi. Bu vaqt ichida ikki marta metrodan foydalanilsa, hisob davri yangidan, 60 daqiqa bo‘lib boshlanadi.
Qolaversa, yuqoridagidan tashqari, kunlik, haftalik, oylik va yillik tarif rejalari ham taklif etilyapti. Ma’lum summada to‘lov qilib belgilangan vaqt davomida cheksiz qatnovlarni amalga oshirish mumkin. Imtiyozli toifadagi shaxslar uchun 50 foiz chegirma qilinadi.

Avtobus uchun tariflar quyidagicha:







