Toşkent viloyatining 7 ta şahrida 21 ta yönaliş uçun 170 ta avtobus xarid qiliş belgilandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, avtobuslarni xarid qiliş uçun tadbirkorlar tanlov asosida aniqlab olingan. Avtobuslar yaqin kunlarda keltirilib, foydalanişga topşiriladi.

Ta’kidlanişiça, zamonaviy avtobuslarda yölovçilarga yanada qulayliklar yaratiş maqsadida, jamoat transportida avtomatlaştirilgan elektron tölov tizimi tatbiq etiş közda tutilgan.

Xabarga köra, joriy yilda jamoat transporti yetib bormagan hududlarni qamrab olgan holda 12 ta yangi yönaliş taşkil etiladi. Şuningdek, avtotransportlarni dispetçerlik markaziga integratsiya qiliş hamda şahar avtobus yönalişlarida avtomatlaştirilgan tölov tizimi töliq yölga qöyiladi.