1 apreldan Toşkent jamoat transportida moslaşuvçan tariflar joriy etiladi. Bu – 16 fevral kuni imzolangan “Jamoat transporti tizimini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarorida közda tutilgan.

Qarorga köra:

  • 1 soat içida bir yönalişli yölovçi transportidan boşqasiga ötiş sonidan kelib çiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar qöllanadi;
  • yönalişli yölovçi transportidan foydalanişda, uning turidan qat’i nazar, kunlik, bir oylik, uç oylik, olti oylik va yillik çeklangan va çeklanmagan tarif rejalari joriy etiladi;
  • yölkira haqini tölaşda elektron tölov tizimlaridan foydalanişni rağbatlantiruvçi tariflar belgilanadi.

Toşkent şahar hokimligiga yangi tariflarni işlab çiqib, şahar kengaşidan va jamoatçilik muhokamasidan ötkazgan holda 2023 yil 1 apreldan boşlab amaliyotga joriy etiş yuklatildi. Bu tizim keyinçalik boşqa hududlarda ham joriy etiladi.

Yölkirani elektron tarzda tölaşga rağbatlantiriş uçun hududlarda naqd tölovlar böyiça tariflarni 30 foizga oşiriş rejalaştirilgan.

Bu qarorga asosan, şaharlarda avtobus muntazam yönalişlari böyiça çeklangan tariflar asosida yölovçi taşiş faoliyati brutto-şartnoma tizimiga ötkaziladi va şunga köra moliyalaştiriladi.

Brutto-şartnoma modelida, taşuvçi korxonalarga yönalişlarning daromadliligiga qarab yölkira haqini yiğib topşiriş böyiça kunlik maqsadli reja (“plan”) qöyilmaydi. Yölkiradan tuşum qança bölişidan qat’i nazar, bu mablağ şahar budjetidagi maxsus hisobraqamga ötkaziladi. Şahar ma’muriyati taşuvçi korxonalar bilan bosib ötilgan yöl va sifat mezonlariga asoslanib hisob-kitob qiladi.

Bunda sifat körsatkiçi – jadval va intervallarga rioya qilinişi hamda sanitariya şaroitlari asosida ölçanadi.

Taşuvçilarning yönaliş körsatkiçlari bajarilişini monitoring qiliş, bajarilgan iş hajmi va sifatini aniqlaş va baholaş, şuningdek, yölkira tölanişini nazorat qiliş uçun hududiy transport boşqarmalari qoşida