Xitoyda yo‘l haqini yuzni skaner qilish orqali to‘lash mumkin bo‘lsa, Chexiya jamoat transportida bitta chipta orqali bir necha safarni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Londonda 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar, keksa odamlar va nogironligi bor shaxslarga avtobuslardan foydalanish mutlaqo bepul. Kun.uz dunyo mamlakatlarining ayrimlarida jamoat transportidan foydalanish qoidalari va yo‘lkirani to‘lash usullari haqidagi ma’lumotlarni bir sahifaga jamladi.

Xitoy

Bu mamlakatda avtobusga to‘lov qilish uchun telefon yoki kartadan foydalanish va hatto qo‘lingizni harakatga keltirishga ham hojat qolmagan. To‘lovlar yuzni tanish tizimi (face-ID) orqali amalga oshiriladi. Buning uchun yo‘lovchi belgilangan saytda ro‘yxatdan o‘tib, kartani o‘z hisobiga ulaydi. Undan keyin bekatga kiraverishdagi ekranga yaqinlashib, yuzini skanerlaydi, 5G tarmog‘i orqali ishlaydigan tizim shaxsni darhol taniydi va bog‘langan hisobdan pul yechib oladi. Mobil to‘lovlar WeChatPay yoki Alipay ilovalari orqali amalga oshiriladi. Tizimda naqd pul deyarli qo‘llanmaydi.

Xitoyda bo‘yi 120 smdan past bo‘lgan bolalardan chipta so‘ralmaydi, ular uchun yo‘lkira bepul. Avtobuslarda konduktorlar faoliyati hali ham mavjud.

Pekinda avtobus narxi masofalar hisobida baholanadi, 10 km uzoqlikdagi avtobusda harakatlanish 2 yuan (3 540 so‘m), 10 kmdan ortiq masofani bosib o‘tish uchun har bir 5 kmga 1 yuan (1 770,21 so‘m)dan qo‘shib hisoblanadi. Shahar hududida foydalanishda Pekin jamoat transporti kartasi – Yikatong uchun 50% , talaba kartasiga 75% chegirma mavjud