Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyek Ma fondi O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yuboradi
Xitoylik milliarder, Alibaba Group asoschisi Jyek Ma va uning xayriya fondi Osiyodagi 7ta mamlakatga insonparvarlik yordami yuborishini e'lon qildi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor.
Foto: REUTERS / Charles Platiau
Ro‘yxatdan O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Hindiston, Butan va Vetnam ham joy olgan.
Reuter’s xabariga ko‘ra, ushbu 7ta davlatga jami 1,7 millionta niqob, 165 mingta test, himoya kiyimlari va tibbiy asbob-uskunalar (sun'iy nafas oldirish apparatlari, isitma o‘lchash asboblari kabilar) jo‘natiladi.
Jyek Ma fondi bungacha Rossiya, AQSh, Yevropa va Afrika davlatlariga ham gumanitar ko‘mak ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, milliarder Fattoh Shodiyev fondi ham O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berishini ma'lum qilgan.
O‘zbekiston kecha, 28 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklaridan 8 tonnadan ortiq gumanitar yordam qabul qilib oldi.
Avvalroq o‘zbek diplomatik missiyalari Rossiya, Xitoy va Singapurdan gumanitar yuklarni olib kelish bo‘yicha ishlar olib borayotgani xabar qilingandi.
Bunga qadar O‘zbekiston tomoni Xitoy va Eronga insonparvarlik yordami jo‘natgandi.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026