Xitoyda dunyoda ilk bor 1000 kilometrlik içi böş optik tola liniyasi orqali real vaqt rejimida ikki yönalişda maʼlumot uzatiş sinovi yakunlandi. Bu yangi avlod aloqa tarmoqlari uçun muhim texnologiyalar sohasida navbatdagi yutuq böldi.

Bugun foydalanilayotgan optik tolalarning mutlaq aksariyati yaxlit özakli bölib, ularda signallar kvars şişasidan yasalgan özak orqali uzatiladi. Ulardan farqli ravişda, içi böş optik tolalarda signallar asosan havo bilan töldirilgan kanal orqali ötadi. Mazkur sinov içi böş tolaning uzoq masofaga maʼlumot uzatişdagi amaliy imkoniyatlarini tasdiqladi. Kelajakda u yanada köproq soha va şaroitlarda yaxlit özakli tolalar örnini egallaşi hamda Xitoyning yangi avlod aloqa tarmoqlari va hisoblaş tarmoqlari uçun öta muhim texnik asos yaratişi kutilmoqda.

Tajriba davomida uzunligi 1007,48 kilometr bölgan liniyada ilk bor bir vaqtning özida har ikki yönalişda sekundiga 64 terabit tezlikda signal uzatişga erişildi. Har bir yönalişdagi bunday ötkaziş qobiliyati bir soniyada har biri 50 gigabayt hajmdagi 160 ta 4K filmni yuklab oliş yoki yuboriş imkoniyatiga teng. Signalning 1000 kilometr masofaga bir yönalişda yetib borişi atigi 3,43 millisekund vaqt oladi. Şu tariqa, içi böş optik tola orqali real vaqt rejimida maʼlumot uzatiş masofasi böyiça yangi rekord örnatildi.

Hozirda mavjud eng yaxşi yaxlit özakli tolalarga nisbatan bu texnologiya maʼlumot ötkaziş qobiliyatini ikki baravarga, uzatiş masofasini esa 60 foizga oşiradi. Şu turdagi içi böş tolaning avvalgi sinovlari bilan taqqoslaganda, mazkur tajribada maʼlumot uzatiş masofasi 50 baravar oşirildi.

China Telecom kompaniyasining yangi avlod axborot-kommunikatsiya tarmoqlari böyiça boş eksperti Xo Syaoli taʼkidlaşiça, anʼanaviy yaxlit özakli toladan farqli ravişda, içi böş tola signallarni gaz muhiti orqali uzatadi. Bu esa keçikişni 30 foizga kamaytiriş imkonini beradi.

Tajribaning muvaffaqiyati içi böş tola mavjud uzatiş uskunalaridan qayta foydalangan holda ham katta hajmdagi maʼlumotni uzoq masofaga kam keçikiş bilan uzata olişini tasdiqlaydi. Şu tariqa, u hisoblaş tarmoqlarini quriş uçun muhim texnologik asos yaratadi.

Hozirda bu texnologiya moliya sohasi uçun maxsus ajratilgan, içi böş optik tola asosidagi dunyodagi birinçi transçegaraviy tijoriy aloqa liniyasida qöllanmoqda. Uşbu liniya Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasining Şençjen şahri bilan Hongkongni boğlaydi.