11 noyabr kuni Alişer Navoiy nomidagi kinoteatrda yangi “Baxt ortidagi dard” filmining premerasi bölib ötdi. Garçi film 11 sentabr kuni kino işqibozlariga taqdim etilişi anons qilingan bölsa ham, uning tayyor bölişi bizga noma'lum sabablarga köra ikki oyga keçikib ketdi.
Film köp jihatdan tanqidçilar va muxlislar diqqatini öziga jalb qilgan edi. Avvalambor, bu yoş ijodkor Şuhrat Mavlonovning birinçi rejissyorlik işi böldi. Bundan taşqari, xonandalar Şarof Muqimov va Sevinç Möminovalar ilk bor bir filmda boş rollarni ijro etdi. Bir neça yil muqaddam turmuş qurgan xonandalarga bu vazifaning uddasidan çiqiş qiyin bölmadi nazarimda – ular örtasidagi munosabatlar katta ekranda ham muhabbatni aks ettirişga yordam bergan bölsa ajabmas.

Kinoteatr oldida köplab maşhur san'atkorlarning töplanişi taşrif buyurgan tomoşabinlarga çinakam topilma böldi. Har qadamda fotoapparat olovlari yonar, yoşlar taniqli aktyorlar bilan selfi tuşar edi.
Içkariga taklif qilindik. Taşkilotçilar kinozalning tölişini sabr bilan kutib turişdi. Nihoyat, 2 ming juft köz sahnaga qadaldi.
Taşkilotçilar közdan qoçirdimi, yoki boşlovçi Ahad Qayumning aybimi, taqdimot çoğida sodir bölgan bir vaziyat ğalati tuyuldi: sahnaga keçaning asosiy yulduzlari bölmiş Şarof va Sevinç taklif qilinib, filmda rol ijro etgan közga köringan aktyorlar-u, boşqa ijodkorlar zal çetidagi yölakda ança kutib qolişdi. Ular sahnaga taklif qilingaç, ustoz san'atkor Lutfulla Sa'dullayev vaziyatni birmunça yumşatib, hazil-huzul gaplari bilan tomoşabinlarning könglini kötardi.

Şuhrat Mavlonov töplanganlarga minnatdorçilik bildirib, ijodkorlarni birma-bir taniştirdi. Sözining yakunida rejissyor, filmning mukammal emasligini yaxşi anglagan holda, mavjud kamçiliklar uçun oldindan uzr söradi hamda bu uning birinçi işi ekanligini inobatga olişni söradi.
Kartina namoyişini yana biroz kutişga töğri keldi. Şarof va Sevinç film saund-trekini sahnada ijro etişdi. Nihoyat, çiroqlar öçdi.
Film boş qahramonning qamoqdan ozod qilinişidan boşlanadi. Yölida uçragan birinçi maşinaga ötirib, Toşkentga yöl olgan yigit horğin bir ahvolda közlarini yumadi. Ekranda 3 yil ilgarigi voqealar jonlanadi. Qahramon öz sevgisi qissasini esga oladi...
Bir qaraşda film Özbekistonda köplab suratga olinayotgan muhabbat mavzusidagi kartinalardan deyarli farq qilmaydi. Taniş sahnalar, kutilgan obrazlar (boş qahramonlarning ota-onasi, universitet öqituvçilari ham özlarini tamoman kutilganiday tutadi). Lekin film oxiriga yaqinroq syujyetda kutilmagan buriliş sodir böldi va tomoşabinlarni ma'lum ma'noda taajjubga soldi. Bu buriliş nimadan iborat ekanligini ayta olmaymiz.




