«Barselona» hamda Ispaniya milliy jamoasi himoyaçisi Pau Kubarsi 21 yoşgaça bölgan futbolçilar orasida Yevropaning eng yaxşi yoş öyinçisiga beriladigan «Golden Boy» mukofotiga sazovor böldi. Bu haqda uşbu mukofot taʼsisçisi bölgan Italiyaning Tuttosport naşri xabar berdi.
Kubarsi 19 yoşda bölib, u ötgan mavsumda milliy jamoa bilan jahon çempioni böldi, şuningdek, «Barselona» bilan Ispaniya çempionati va Superkubogida ğalaba qozondi. U JÇ-2026 ning eng yaxşi yoş futbolçisi deb topilgan edi.
«Barselona» vakili sönggi olti yil içida törtinçi bor uşbu sovrin sohibiga aylandi: 2021-yilda mukofotni Gavi, 2022-yilda Pedri, 2024-yilda esa Lamin Yamal qölga kiritgan edi.
Bu yil Kubarsi «France Football» talqini böyiça dunyoning eng yaxşi yoş futbolçisi sovrini (Kopa kubogi) uçun ötkazilgan sörovnomada Yamaldan ortda qoldi.
Ötgan yili «Golden Boy» sovrinini «Pari Sen-Jermen» klubi hujumçisi Dezire Due qölga kiritgan edi.




