AQŞ prezidenti Donald Tramp UFC rahbari Deyna Uaytni öziga matbuot kotibi etib tayinlamoqçi ekani haqida aytgan gaplari şunçaki hazil bölganini maʼlum qildi. Bu haqda The New York Times yozdi.
«Rostini aytsam, men şunçaki hazillaşdim. Bu fikr Deynaga juda yoqdi, u öziga xos inson. U bilan tortişmagan maʼqul», - dedi Tramp jurnalistlarga.
AQŞ prezidenti 9-noyabr kuni Oq uyda Uayt bilan uçraşişini tasdiqladi. Biroq, uning sözlariga köra, ular UFC rahbarining matbuot kotibi lavozimiga nomzodini muhokama qilmaydi.
Bundan taşqari, uçraşuv rejalaştirilganini avvalroq Uaytning özi ham tasdiqlagan edi. U Tramp bilan «gaplaşib oladigan masalalari borligini» taʼkidlagan.
Avvalroq Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida UFC rahbari Deyna Uaytga matbuot kotibi lavozimini taklif qilganini yozgan edi. Şuningdek, u Oq uy himoyasiga UFC jangçilarini, şu jumladan rossiyalik sportçilarni ham jalb etişni taklif qilgan.
Uning taʼkidlaşiça, bu insonlar «AQŞni aqldan ozgan söllardan himoya qiliş» uçun zarur.








