7-noyabr kuni qurollangan jinoyatçi Krakov markazidagi Bozor maydonida vintovkadan odamlarni öqqa tutdi. Hujum oqibatida olti kişi halok bölib, 15 kişi yaralangan. Keyinroq hujumçi Mixal Oksinskiyning uyida u tomonidan öldirilgan onasi, otasi va singlisining jasadlari topildi. Patrul politsiyaçilar bilan otişmada jiddiy jarohat olgan Oksinskiyning özi ham 9-noyabr tongida şifoxonada vafot etdi. Agar patrulçilar fidokorlik körsatmaganida, katta ehtimol bilan qurbonlar soni ança köproq bölgan bölardi.

Otişma haqida politsiyaga xabar kelib tuşganidan hujumçi zararsizlantirilguniça atigi olti daqiqa ötgan, deya maʼlum qildi 9-noyabr kuni Malopolşa voyevodasi rahbari Kşiştof Klençar. Dastlabki xabardan ikki daqiqa ötib Munitsipal qöriqlaş xizmati xodimlari Bozor maydoniga yetib kelgan, yana bir daqiqa ötib politsiya patrullari ham paydo bölgan.

Şahardagi asosiy maydonda öt oçişni boşlagan jinoyatçi öz avtomobilida harakatni davom ettirgan – u yöl-yölakay tramvayni ham öqqa tutgan. U Bozor maydonidan taxminan bir kilometr masofadagi çorrahada boşqa bir avtomobilga urilganida, politsiyaçilar unga yetib olişgan – şundan keyin örtada otişma boşlangan.

Hujumçini politsiyaga işga kirganiga köp bölmagan xodimlar töxtatgan

Patrul xodimlari – 27 yoşli Artur Moranskiy va 24 yoşli Yakob Kulik – egnida yengil nimça, qölida faqat töpponça borligiga qaramay, vintovkaga ega jinoyatçi bilan otişmaga kirişişgan. Holbuki, ularning har ikkisi ham politsiyaga işga kirganiga ikki yildan köp bölmagandi.

Ular hujumçini yaralaşga muvaffaq bölişgan, şu bilan birga, özlari ham jiddiy jarohat olgan. Guvohlar tomonidan olingan videoyozuvda Kulik oğir yaralanganiga qaramay, örnidan turişga va hujumçini töxtatiş uçun bir neça bor öq uzişga muvaffaq bölganini köriş mumkin.

Keyinroq jinoyatçining avtomobilidan yana törtta öqotar qurol hamda köp miqdordagi öq-dorilar topildi. Gazeta Wyborcza naşrining politsiyadagi manbasi hisoblaşiça, agar jinoyatçi patrul xodimlari tomonidan öz vaqtida töxtatilmaganida, «qurbonlar soni dahşatli darajada köp bölişi mumkin edi». Krakov şahri rasmiylari politsiyaçilar şaharning faxriy fuqarolari unvoni berilişini maʼlum qildi.

Otişmadan keyingi kuni ikki politsiyaçi ham öziga keldi.