9 dekabr kuni Özbekiston Qahramoni, Özbekiston Xalq şoiri Abdulla Oripovga Italiyaning mamlakatimizdagi elçixonasida "Italiya yulduzi" ordeni tantanali ravişda topşirildi. Bu haqda şoirning şogirdi Alişer Nazar “Feysbuk” ijtimoiy tarmoği orqali ma'lum qildi.

“Sevimli şoirimizni uşbu yuksak mukofot bilan barça muxlislari nomidan muborakbod etamiz!”, - deya tabrik qoldirdi Alişer Nazar.
Eslatib ötamiz, 2015 yilning noyabr oyida Abdulla Oripov Italiya respublikasining "Italiya yulduzi" davlat ordeni bilan mukofotlangani töğrisida xabar tarqatilgan edi. Orden Italiya prezidenti Serjo Mattarellaning taklifi bilan taqdim etildi.

Ma'lumot uçun, uşbu orden Italiya hamda xorij fuqarolariga Italiya va boşqa mamlakatlar örtasidagi döstona aloqalarni rivojlantirgan şaxslarga topşiriladi.