Polşaning Krakov şahri markazida otişma sodir böldi. Xabar qilinişiça, bozor maydoniga kirib kelgan avtomobil içidagi erkak odamlarga qarata öq uzgan. Şuningdek, u tramvayni ham öqqa tutgan.
Onet naşrining yozişiça, öq uzgan şaxs 24 yoşli erkak bölgan.
Malopol voyevodasi rahbari Yan Klençar Polsat News telekanali efirida olti kişi halok bölgani, 12 kişining ahvoli oğir ekanini aytdi.
Keyinroq politsiya halok bölganlar orasida tört nafar ayol va ikki nafar erkak borligini maʼlum qildi.
Polşa politsiyasi Krakovda öq uzgan şaxs Polşa fuqarosi ekanini aniqladi va hujum qilganlar ikki kişi bölgani haqidagi xabarni rad etdi.
Avvalroq PAP agentligi va TVN24 telekanali otişmani ikki kişi sodir etgani haqida xabar bergandi.
«Krakovdagi boş bozor maydonida sodir bölgan hodisa aybdori Polşa Respublikasi fuqarosi. Biz politsiya xodimi halok bölgani va yana bir jinoyatçi qidirilayotgani haqidagi maʼlumotni rad etamiz. Hodisaning bizga maʼlum bölgan yagona aybdori politsiya qölida», - deyiladi idoraning X ijtimoiy tarmoğidagi bayonotida.
Öq uzgan şaxs politsiyaçilar tomonidan qölga olingan. U oğir yaralangan bölib, şifoxonaga yotqizilgan.
Polşa içki işlar vaziri Marsin Kervinskiyning aniqlik kiritişiça, ikki nafar politsiya xodimi yaralangan bölib, ulardan birining ahvoli öta oğir deb baholanmoqda.









