Taqdimot 5-noyabr kuni Pekinda bölib ötgan yettinçi Jahon media sammiti doirasida sunʼiy intellektga bağişlangan forumda ötkazildi. Robotlar Xitoyning «Sinxua» axborot agentligi va UBTECH Robotics kompaniyasi tomonidan yaratilgan bölib, «ayol» robotga Sinyan, «erkak» robotga esa Sinyuy deb nom berilgan.
Ular kamera qarşisida turişi, harakatlanişi hamda lab harakatlari va yuz ifodalariga mos holda inson nutqini takrorlaşi mumkin. Real taşqi körinişni yaratiş uçun UBTECH bionik teri va özining odamsimon robototexnika sohasidagi texnologiyalaridan foydalangan. Apparat-dasturiy tizim tarkibiga harakatlarni boşqariş vositalari, hissiy muloqot uçun möljallangan til modeli hamda raqamli tizimning jismoniy muhit bilan özaro taʼsirini taʼminlaydigan, gavdalangan sunʼiy intellekt deb ataluvçi texnologiya komponentlari kiradi.
Robotlarning taşqi qiyofasi uçun «Qahramon» va «Uçar xanjarlar uyi» filmlari bilan tanilgan xitoylik kinorejissyor Çjan Imou masʼul bölgan. U taşqi körinişning badiiy loyihalaştirilişiga rahbarlik qilgan va mexanik boşlovçilarning televizion eşittiriş talablariga mos kelişini taʼminlaş ustida işlagan. Yuz harakatlari, personajning kadrda qanday qabul qilinişi hamda tabiiy mimikaning yangiliklarni rasmiy tarzda taqdim etiş uslubi bilan uyğunligiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Robotlar «Sinxua Yuydyan» intellektual platformasiga ulangan bölib, uşbu platforma tekşirilgan yangilik materiallaridan foydalaniş imkonini beradi va maʼlumotlarning kelib çiqiş manbasini kuzatişga yordamlaşadi. UBTECH asosçisi va boş direktori Çjou Szyanning sözlariga köra, tizim uçta asosiy tarkibiy qismni - axborotni qayta işlaş, uni taqdim etiş va robotning jismoniy harakatlarini boşqarişni birlaştiradi.
Taqdimotda robotlarning auditoriya oldida çiqiş imkoniyati namoyiş etilgan bölsa-da, ulardan televidenieda muntazam foydalaniş rejasi hozirça tasdiqlanmagan.
«Sinxua» 2018-yilda inson taşqi körinişining kompyuter modeli va nutq sintezi yordamida yaratilgan virtual teleboşlovçini taqdim etgandi.





