Bollivud superyulduzi Şohrux Xon özining yangi “Muxlis” (Fan) nomli filmining treylerini namoyiş etdi. Yulduz taqdimotda öz muxlislarining savollariga javob berdi va ular bilan samimiy muloqotda böldi. Lekin uçraşuvdagi eng katta yangilik – şov-şuvlarga sabab bölgan “Muxlis” (Fan) filmi edi.
Film dexlilik yoş bola Gaurav (Gaurav) haqida bölib, kartinada uning öz orzusiga erişiş ya'ni eng sevimli aktyorining tuğilgan kuni bilan tabriklaş uçun Mumbay şahriga borişi yölidagi sayyohati körsatilgan. Gaurav Aryan Xanna (Aryan Khanna) ismli aktyorning eng aşaddiy muxlisi bölib, hattoki uning taşqi körinişi yulduzga juda ham öxşaş böladi.

Gaurav dunyodagi eng maşhur yulduz bilan uçraşiş uçun ularga murojaat qiladi. Uning juda ham öxşaş qiyofasi Aryanni uçratiş uçun yordam berar deb öylarsiz?
Afsuski, hayotda doim ham biz öylagan işlar bölavermaydi. Voqealar Gauravning rejasi böyiça davom etmaganligi sababli, uning orzusiga bölgan muhabbati xavfli nafratga aylanadi.
“Muxlis” filmining rejissyori Maniş Sharma (Maneesh Sharma) va prodyuseri Aditya Chopra (Aditya Chopra) bölib, uning jahon kinoteatrlaridagi namoyişi şu yilning 14 apreliga möljallangan.
Zamonaviy texnologiyalar, maxsus effektlar va grim tufayli Gauravga aylangan Şohrux Xon muxlislarini hayratda qoldirişi şubhasiz.



