O‘zbekiston | 18:44 / 25.08.2025
17689
1 daqiqa o‘qiladi

Barcha maktablarda yangi o‘quv yili 2 sentabrdan boshlanadi

O‘quv jarayonining birinchi dars soatlarida «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida «Kelajak soati» darsi o‘tkaziladi.

Foto: Kun.uz

Respublika bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida 2025/2026-o‘quv yili dars jarayonlari 2 sentabr (seshanba kuni) boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

O‘quv jarayonining birinchi dars soatlarida «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida «Kelajak soati» darsi o‘tkaziladi.

Shuningdek, birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat «Prezident sovg‘asi» tantanali topshiriladi.

Mavzuga oid