Ingliz ta'lim tizimining asosiy yutuği nimada? Birmingemda yaşayotgan pedagog Mardon Yusupov bilan suhbat
|21:55 / 28.04.202018 15911 min
Kun.uz ijodiy guruhi Buyuk Britaniyaga safari davomida şu mamlakatda yaşab, turli sohalarda mehnat qilib kelayotgan vatandoşlar bilan intervyular taşkil etdi. Navbatdagi suhbatdoşimiz – tajribali pedagog, Birmingemdagi Kedberi kollejining matematika fani öqituvçisi Mardon Yusupov böldi.
Buyuk Britaniya Pedagogik kengaşi va «Buyuk kelajak» ekspertlar kengaşi a'zosi bilan suhbatimiz ta'lim va xorijda yaşaşning öziga xos jihatlari haqida keçdi.
Mardon Yusupov – «Umid»çilardan. 2001 yilda köplab özbekistonlik istiqbolli yoşlar qatori u ham mazkur jamğarma orqali grant yutib, Birmingem universitetida magistratura öqişga kelgan. Undan avval esa Toşkent davlat universitetining (hozirgi ÖzMU) Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.
«Bakalavriatda öqigan yillarimda universitetga tayyorlov kurslari oçganmiz. U paytlari bunaqa kurslar hali juda kam edi. Xususiy öquv markazlari endi-endi oçila boşlagan payt bölgan. 1998-2000 yillar oraliğida şu faoliyat bilan maşğul bölganman.
Öqituvçilik faoliyatimni ham ana öşa paytda boşlaganman», deya xotirlaydi u.
Mardon Yusupov Angliyaga kelgaç, dastlab Birmingem universitetida ijtimoiy fanlar, keyinçalik London metropolis universiteti (London Metropolitan University)da marketing böyiça magistr darajasini oladi.
«Oxir-oqibat, yana şu öz kasbim – öqituvçilikka qaytib, maktablarda işlay boşlaganman. Bu yerning maktablarida işlaş uçun, albatta, maxsus tayyorlov kurslaridan ötiş kerak. Men ham bir yil davomida universitet qoşidagi maktablarga borib, tajriba oşirib, 2009 yilda öqituvçi sertifikatini olganman», deya hikoya qiladi suhbatdoşimiz.
– Hozir esa kollejda dars beryapsiz.
– Hozirgi kunda kollejda matematika fanidan dars berib kelyapman. Asosan örta va oliy matematikadan dars beraman.
– Özbekiston va Angliyada kollej deganda boşqa-boşqa narsalar tuşuniladi.
– Angliyada maktabning 11-sinfini bitirgandan keyin, töğridan töğri universitetga kirib bölmaydi; undan oldin kollejda 2 yil öqiladi – bu 12-13-sinflarga töğri keladi. Kollejda öqiş majburiy emas, faqat universitetda öqimoqçi bölganlargina kollejga kiradi.
Kollejda maktabdagiçalik köp fanlar ötilmaydi. Öquvçi uçta fanni tanlaydi; masalan, matematika, kimyo va biologiyani tanlab, şu sohadan ketadi. Ikki yildan keyin A-level sertifikatini olişadi va şunga qarab, universitetlarga hujjat topşirişadi. Bali yetgan universitetlarga kirişlari mumkin.
Mavzuga oid
– Siz ham maktab, ham kollejda işlagansiz. Şundan kelib çiqib, Angliyadagi örta ta'limning asosiy yutuqlarini sanab bera olasizmi?
– Umuman olganda, tizim yaxşi işlaydi, deb hisoblayman. Öqiyman degan yoşlarga şaroit yaratib berilgan. Maktablariga borsangiz, şaroitlar yaxşi, öqituvçilar sifati, darsliklar, öquv dasturlari – bular ta'minlab berilgan.
Bu yerdagi ta'limning muammolaridan biri – öquvçilarning özida qiziqiş bölmasligi. Hatto ayrim ota-onalar ham farzandlarining öqişiga jiddiy qaramasligi mumkin. Biroq bilim olaman degan yoşlar uçun hamma şaroit bor.
Sinfdan sinfga ötiş bilimga qarab emas, yoşga qarab belgilanadi. Imtihondan öta olmasa, sinfdan qoladi, degan narsa yöq. Maktabda bolalar bilimiga qarab guruhlarga bölinadi. Sinflar bolaning qobiliyatiga qarab ajratilgan: aytaylik, 7-sinfda 200ta bola öqisa, ular matematikadan bilimiga qarab sinflarga bölinadi. Sinfdagi bolalarning bilim darajasiga qarab dars ötişadi. Eng iqtidorli öquvçilarga yuqori matematika, örta sinflarga örtaça va hokazo.
Matematikada bölgani kabi, xuddi şunday ingliz tili, kimyo, fizika, biologiya fanlaridan ham şunday: öquvçilar şu fanlardan bilim va qobiliyatlari darajasiga qarab guruhlarga bölib qöyiladi.
Mardon Yusupov
– Demak, ingliz ta'lim tizimining asosiy yutuqlari, deb aynan nimalarni aytgan bölardingiz?
– Menga eng köp bilinadigan jihat – bola örta ta'limni qanday bitirganini aniq bilsangiz böladi. Ya'ni maktabning oxirgi yilida – 11-sinfda hamma imtihon topşiradi va bu imtihonda hamma öz bilimiga yaraşa ball oladi. Imtihonni maktab emas, boşqa bir taşqi taşkilot ötkazadi. Imtihon oliş bilan şuğullanuvçi alohida xususiy taşkilotlar bor, özlari kelib, imtihon olib ketişadi.
Bunday imtihon oluvçi taşkilotlar soni köp, bilişimça, taxminan 7ta. Ular bolalardan imtihon olib, mustaqil baholaşadi, şunga qarab har bir öquvçi qanaqa öqiganini özi aniq bilib oladi.
Imtihonlar adolatli ötkaziladi. Çunki bahoni öqituvçi qöymaydi. U özi öqitgan bolalarga: «Sen a'loçisan, sen «törtçi»san, sen «uççi»san», deb baho tarqatmaydi. Bolalarning özlari imtihon topşirib, neça baho bilan çiqsa, öşa baho bilan maktabni bitiradi.
Şunday bölişi, menimça, yaxşi. Öquvçilarga ham, ota-onalarga ham. Imtihon natijalariga qarab, davlat ham maktablarni nazorat qila oladi. Qaysi maktablarda yaxşi yutuqlarga erişilyapti, qaysilari qiynalyapti, nega natija bölmayapti, deb davlat turli strategiyalar bilan yordam körsatişga harakat qiladi.
Ya'ni bu yerda maktablar yaratgan mahsulotni baholaş tizimi yaxşi işlaydi. Bu – bitta yutuq.
Ikkinçi yutuq – ta'limdagi böğinlar bir-biriga boğliq. Masalan, universitetning talabiga qarab, kollej öz öquv dasturlarini işlab çiqaradi. Maktablar esa öz dasturini kollejdagi dasturlarga moslaştiradi. Ya'ni, uzluksizlik. Oxiri borib taqaladigan joy – iş beruvçilar.
Misol uçun, iş beruvçilar bizga hozir axborot texnologiyalaridan xabardor kadrlar kerak, deyişsa, ta'lim tizimidagi dasturlar va darsliklarga şunga qarab özgartiriş kiritiladi.
Öquv dasturlari muntazam özgarib, rivojlantirib boriladi. Birgina matematikani öqitişda oxirgi 10 yilda kamida 2-3 marta islohot böldi. Çunki har bir saylovdan keyin yangi hukumat kelganda özining ta'lim böyiça dasturlariga ega böladi.
Xullas, heç ham töxtab qolmaysiz. Sinflarda yangi innovatsiyalar doimiy ravişda qöllab köriladi. Ön yildan beri dars berib kelayotgan bölsam, har yili nimadir yangi narsa kirib keladi. Bu – yangi texnologiya yo darslik-qöllanmalar yoki pedogogik usullar bölişi mumkin. Ya'ni ötgan yili ötgan darsimni bu yil qaytarib öta olmayman.
– 11-sinfni bitiriş arafasidagi imtihonlarni maktab öqituvçilari emas, ixtisoslaşgan xususiy taşkilotlar ötkazar ekan. Öşa imtihonlarda öquvçilar körsatgan natijalarga qarab ham öqituvçilarning faoliyatiga baho berilsa kerak.
– Xuddi şunday. Şuning uçun ham öqituvçilar bolalarga yaxşi ta'lim berişga harakat qilişadi. Çunki bitta sinfni bir yil öqitsangiz va yakunda ular yaxşi baho olişsa, bu öqituvçiga ham, maktabga ham yaxşi.
«Şu bolani yaxşi öqita oldimmikan, keyingi yil şuni qanday qilib yaxşiroq ötsam ekan», deya öqituvçi ham öziga özi baho beriş imkoniyatiga ega böladi.
Öqituvçilarning işi – faqat dars beriş, öqitiş, bolalarni imtihonga tayyorlaş. Imtihon oliş emas, ularning bahosini tekşiriş emas.
– Ingliz maktablarida ham «stavka» tuşunçasi bormi?
– Bor. Töliq stavkada haftasiga beş kun işlanadi. Taxminan soat 8dan 16gaça işlaşadi.
Işdagi vaqt böyiça me'yorlar bor: öqituvçi maktabdaligida ma'lum foiz vaqtini böş ötkazişi kerak. 80-90 foiz vaqti öquvçilar bilan kontaktda ötsa, qolgan vaqti darsga tayyorlaniş bilan ötkaziladi.
– Aslida, Angliyada ham öqituvçilar xuddi şunaqa şikoyatlarni aytişadi. Bizda ham asosiy muammolardan biri – iş yuklamasining köpligi (workload). Bu – hujjatbozlik, daftar tekşiriş, majlislarga boriş bölişi mumkin.
Umuman, bu yerda ham öqituvçilar sinfdan taşqari işlarga norozilik bildirib turişadi. Va buni öqituvçilar birlaşmasi – Teachers’ Union orqali öz haqlarini lobbi qilişadi, ya'ni hukumatga yetkazişadi. Şuning hisobiga hozir Ta'lim vazirligi va maktablarni nazorat qiluvçi organ öz strategiyalarini özgartirib, «Biz ham öqituvçilarda ortiqça qoğozbozlik bölişini xohlamaymiz», deb, yengillik berişyapti.
Çunki bu yerda öqituvçilar yetişmasligi muammosi bor. Yaxşi öqituvçilar ketib qolişyapti. Oylik kamligidan, iş köpligidan şikoyat qilişadi. Şuning hisobiga, davlat ham ayrim talablarini yumşatyapti.
Angliyadagi yaxşi maktablar öqituvçiga faqat bolaga foydasi tegadigan işni qildiradi: «Agar şu qilayotgan işing, öquvçi uçun foydali bölsa, qil. Foydasi tegmasa, qilma», deyişadi. Lekin hamma maktablar ham bunday emas. Ayrim maktablarda yozuv-çizuv, qoğozbozlik, majlisbozliklar köp...
– Şaxsan özingiz qanaqa baholaysiz?
– Hozirgi işlayotgan kollejimdagi holat, menimça, normal. 10 yildan ortiqroq vaqtdan beri dars berib kelaman va vaqtimni bolaga foydali narsalargagina ajrataman. Agar biron işning bolaga foydasi bölmasa, bu haqda boşliqlarimga aytaman: şu narsani qilişim şartmi? Çunki şunga ketkazgan vaqtimni boşqa unumliroq işlarga sarflaşim mumkin.
Köpinça, rahbarlar töğri qabul qilişadi. Albatta, ba'zi narsalarni qilmaslikning iloji yöq – faqat sinfga kirib çiqişning özi bilangina iş bitmaydi. Şu nuqtada balansni töğri uşlaş kerak. Keraksiz, heç kim öqimaydigan hisobotlarni yozgandan köra, bolalarga foydasi tegadigan bironta resurs yaratişingiz mumkin.
– Maktabda bir stavka işlovçi öqituvçining oyligi qança?
– Angliyada öqituvçilik faoliyatini endi boşlayotganlarning maoşi taxminan yiliga 22-23 ming funtni taşkil etadi. Universitetning tayyorlov kursini endi tugatib maktabga işga kirgan öqituvçining oyligi şunça böladi, oyiga örtaça 1800-1900 funtdan töğri kelsa kerak. Undan soliq çegirib taşlansa, taxminan 1500 funt qölga tegadi. Bu – iş tajribasi yöq öqituvçilarning maoşi.
Tajribasiga qarab, maktab öqituvçilarining maoşi yiliga 40 ming funtgaça boradi. Bu yerda umumiy davlat maktablari haqida aytyapman, xususiy maktablarda maoş darajalari farq qiladi.
Tajriba töplab borgan sari, öqituvçilikdan taşqari, kafedra boşliği bölişingiz mumkin, «zavuç» yoki direktor bölişingiz ham mumkin. Qöşimça javobgarlik olsangiz, maoşingiz ustiga ham qöşiladi.
Iş staji oşib borgan sari, maoşi ham kötarilib boraveradi. Yangi öqituvçi bölib işga kirgan paytlarimda har yili maoşim miqdori 2 ming funtdan oşib borardi.
Albatta, Angliyada yaşaş ham şunga yaraşa qimmat. Özbekiston şaroitiga qiyoslab bölmaydi. Berayotgan oyligi bu yerda örtaça yaşaşga yetadi.
Suhbatimiz davomida Mardon Yusupov Angliya maktablaridagi tabaqalaşuv, öqituvçi yetişmasligi muammosi, öqituvçilarning jamiyatdagi obro‘-e'tibori, ingliz maktablarida dars berişdagi qiyinçiliklarga ham töxtalib ötdi.
Bundan taşqari, hamyurtimizdan xorijda yaşaşning öziga xos tomonlari, ğarb madaniyatida farzand tarbiyalaş va oilaviy qadriyatlarni saqlab qoliş haqida ham söradik.