Şavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat taşrifi bilan Parij şahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyot oldida Özbekiston yetakçisini Fransiya milliy ta’lim, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Elizabet Born, Parij harbiy okrugi qömondoni general Loik Mizon va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

«Orli» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon şarafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari kötarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Özbekiston delegatsiyasi joylaşgan qarorgoh oldida Fransiyada öqiyotgan, işlayotgan va ilmiy izlanişlar olib borayotgan bir guruh vatandoşlar prezident Şavkat Mirziyoyevni katta xursandçilik bilan kutib oldi. Davlat rahbari ular bilan samimiy suhbatlaşdi, öqiş va izlanişlariga muvaffaqiyat tiladi.

Taşrifning asosiy tadbirlari bugun, 12 mart kuniga möljallangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Dasturga muvofiq, Yelisey saroyida oliy darajadagi Özbekiston-Fransiya muzokaralari bölib ötadi.

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev YuNeSKO boş direktori Odri Azule bilan uçraşuv hamda Fransiyaning yetakçi kompaniya va banklari vakillari bilan davra suhbati ötkazadi.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev Özbekiston prezidenti sifatida bundan oldin ikki marotaba Fransiyaga taşrif buyurgan. Birinçi marta 2018 yilda rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatga borgan edi