Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi oqibatida uylar, sanoat korxonalari va butun boşli şaharlar vayron bölib, yetkazilgan zarar 524 milliard dollarni taşkil etmoqda. Ukrainani qayta tiklaş Ğarb soliq tölovçilari hisobidan emas, balki Rossiya mablağlaridan amalga oşirilişi kerak. Bu haqda Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Rişi Sunak ma’lum qildi.

Hozirda Ğarb moliyaviy tizimlarida Rossiyaning 300 milliardga yaqin muzlatilgan davlat aktivlari mavjud. Sunakka köra uşbu mablağlar musodara qilinib, Ukrainani tiklaşga yönaltirilişi lozim.

«Ayrimlar bu xalqaro huquqqa putur yetkazişini aytmoqda. Ekspertlar uşbu aktivlarni qonuniy yöl bilan qölga kiritiş va uni Ukraina kelajagi uçun sarflaş mumkinligini tasdiqlamoqda.

Boşqalar esa bu global moliyaviy tizimni barqarorlaştirişi mumkinligini ta’kidlayapti. Ammo ma’lumki, Rossiya bosqindan oldin öz zaxiralarining katta qismini olib çiqib ketişga uringan… Agar G7 va YeI birgalikda harakat qilsa, biz moliyaviy barqarorlikni himoya qilgan holda adolatni ta’minlaşimiz mumkin», — deydi Rişi Sunak.

Şuningdek, Britaniya sobiq boş vaziri bosqinçilar özlari boşlagan uruş uçun tölaşlari kerakligini qayd etdi. «Kim buzsa, öşa töğirlaşi kerak. Bu Putinga ham taalluqli», — deydi u.

Sunak muzatilgan mablağlardan kelib tuşayotgan foizlar Ukrainaga yordam sifatida yönaltirilayotganini eslatib ötib, uşbu aktivlarning asosiy qismini musodara qiliş vaqti kelganini ta’kidladi.

«Biz Rossiyaning harbiy mablağlarini Ukrainani tiklaş fondiga aylantirişimiz kerak. Gap faqat pulda emas. Gap adolat va tiyib turiş haqida ketmoqda. Agar Rossiya biror javobgarlikka tortilmasa, boşqalar ham şunday yöl tutadi», — deya qayd etadi Rişi Sunak.

Avvalroq Britaniya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga birinçi milliard dollarni taqdim etgani töğrisida