Assalomu alaykum. Bugun 9 mart, yana yakşanba. Ötgan körsatuvimizda kelasi hafta dunyomiz ança tinç böladi deb umid bildirgandik. Ortda qolayotgan haftamiz oldingisiga qaraganda ança yaxşi ötdi. Dunyo siyosati oz bölsa-da murosa-yu mudora yöliga ötayotgandek. Biz doimgidek hafta davomida sodir bölgan muhim voqealarni yodga olamiz.

Iltimos, YouTube-kanalimizda joylangan videoga like bosing, izohlarda fikringizni qoldiring. Şu tariqa videoni imkon qadar köproq odam körişiga yordam bergan bölasiz.

AQŞ Ukrainaga harbiy yordamni töxtatdi

Haftaning eng muhim voqeasi AQŞ Ukrainaga harbiy yordamni töxtatgani böldi. Esingizda bölsa, Trampni kek saqlaydigan, qasos oladigan odam deb atagandik. Tramp Zelenskiy u bilan Oq uyda tortişib qolganidan keyin şunday qarorga kelgan.

Amerika rasman Tramp Kiyevga qurol yuborişni taqiqlaganini e’lon qilmadi, lekin Zelenskiyning oxirgi çiqişlariga qaraganda çindan qurol-yaroğ oqimi töxtagan. Bu çeklovga Ukrainaga yuboriş uçun tayyorlab qöyilgan, işlab çiqarilayotgan harbiy kompaniyalarga buyurtma berilgan, Kiyevga yuboriş uçun Polşada saqlanayotgan barça qurollar tuşgan.

Yetmaganiga AQŞ Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini bölişişni ham töxtatdi. Bu ham jiddiy çeklov hisoblanadi. Çunki AQŞ razvedka ma’lumotlarisiz Ukraina amalda HIMARS va boşqa Amerika raketalarini işlata olmaydi. Bundan taşqari, AQŞ endilikda Rossiya zarbalari haqida Kiyevni ogohlantirmaydi. Tramp Britaniyaga ham AQŞ aniqlagan razvedka ma’lumotlarini Ukrainaga yuborişni taqiqlagan. Fransiya bu çeklovga javoban Kiyevga öz razvedka ma’lumotlarini taklif qilgan. Parij razvedkasi mustaqil ekanini qayd etgan.

Donald Tramp kelganidan buyon AQŞ Ukrainaga butkul teskari siyosat yuritişga kirişdi. Kiyev Amerikadan amalda heç qanday qurol olgani yöq. Endi razvedka ma’lumotlari ham bloklandi. Biroq bu narsalar hozirça frontda aks sado bermayapti, Kiyev hamon qulagani yöq.

Zelenskiy çekindi

Kiyev qulamagan bölişi mumkin, lekin Trampning harbiy yordamni töxtatiş orqali qilgan bosimi diplomatik maydonda öz sözini aytdi. Oq uyda Tramp bilan janjallaşgan prezident Zelenskiy bu iş xato bölgani, undan afsuslanişini aytib post yozdi. Şuningdek, «Trampning kuçli boşqaruvi ostida muzokara stoliga ötirişga», mineral resurslar böyiça kelişuvni imzolaşga tayyorligini aytdi.