Unutilgan “Antistrumin voqeasi”: vazir va’da qilgan matbuot anjumani va javoblar qani?
|20:44 / 26.10.202313 7769 min
Namanganda yuzlab bolalarning zaharlanişi Sergelidagi portlaş fonida unutilganday böldi. Soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov holat töliq örganib çiqilgani, barça savollarga “tez orada javob berilişi”ni aytgandi. Lekin hamon va’da qilingan javobdan darak yöq. Jamoatçilik esa zaharlaniş sabablarini öziça taxmin qilişda davom etmoqda.
Namanganda bolalarning zaharlanişi holatiga nima sabab bölgani hamon oçiq qolmoqda. Soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov şu yil 26 sentabr kuni OAV xodimlari uçun “yopiq tarzda”(ma’lumotlari oşkor qilinmaslik şart bilan) ötkazilgan yiğilişda zaharlangan bolalarning barçasi soğayib, uyiga qaytganini, holat töliq örganib çiqilganini hamda “ertasi kuni şu masalada katta matbuot anjumani ötkazilib, barça savollarga javob berilişini” ma’lum qilgandi. Ammo vazir va’da qilgan tadbir bölmadi, savollar hali ham javobsiz qolmoqda.
Tekşiriş natijalari nima böldi?
20 sentabrdan Özbekistonda “Yorqin millat” dasturi böyiça bolalarni yod bilan ta’minlaş işlari boşlangandi. Yod preparatlari Soğliqni saqlaş vazirligi va Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimi orqali 3 yoşdan 15 yoşgaça bölgan barça bolalar uçun bepul taqdim etilişi közda tutilgandi.
21 sentabr kuni Namangan viloyati Çust tumanidagi boğçaning ayrim tarbiyalanuvçilari orasida tana harorati kötarilişi, qusiş, qorin oğriği alomatlari kuzatilgani xabar berildi. Dastlabki şikoyat böyiça 5 nafar bola şifoxonaga olib kelingan. Söngra jami 71 nafar bolaning soğliğidan şikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Keyinçalik Namanganda 450 nafar bola kasallangani ma’lum böldi. Buning ortidan maktab va boğçalarga tarqatilgan yod preparati iste’moli töxtatildi hamda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatildi.
Antistrumin karrasiga qimmat xarid qilinganmidi?
Kun.uz kiritgan hujjatdan körinişiça, Soğliqni saqlaş vazirining 2023 yil 5 apreldagi buyruği asosida 2023 yil respublika budjeti hisobidan 15 mlrd 275 mln sömga yod preparati xarid qiliş rejalaştirilgan.
Mavzuga oid
Soğliqni saqlaş vazirligining davlat xaridlarini amalga oşirişga mas’ul taşkiloti – “Özmedimpeks” “Kaliy yodid 1 mg tabletka, №100 (Antistrumin)” dori vositasini xarid qiliş uçun 2022 yil iyun oyida “Samo” MÇJ bilan 5 mlrd 644 mln sömlik töğridan töğri şartnoma tuzgan. 2023 yil 11 yanvarda esa uşbu şartnomaga 956 mln sömlik qöşimça kelişuv qilingan. Şu tariqa, birinçi şartnoma qiymati roppa-rosa 6,6 mlrd sömga yetkazilgan. Unga asosan, 1 mln 200 ming quti preparatning har biri 5500 sömdan xarid qilingan.
2023 yilning 4 mayiga kelib, “Özmedimpeks” “Samo” kompaniyasi bilan Antistrumin dori vositasini xarid qiliş uçun yana 15 mlrd 275 mln sömlik töğridan töğri şartnoma tuzgan. Bunda 2 mln 350 ming quti preparatning har biri 6500 sömdan hisoblangan.
Mazkur uçta şartnomani jamlaganda, “Samo” MÇJdan 3 mln 550 mingta Antistrumin dori vositasi jami 21 mlrd 875 mln sömga sotib olinadigan bölgan. Bunda har bir quti preparatning narxi örtaça 6162 sömdan töğri keladi.
Kun.uz preparatning çakana narxi bilan qiziqib, Özbekistonning bir neça hududlaridagi dorixonalar bilan boğlanib körgan edi. Natijada SSV 3 mln 550 ming qutisining har birini 6162 sömdan (ulgurji tarzda) sotib olgan xuddi şu preparat bir neçta dorixonalarda 2300–3000 söm oraliğida (çakana tarzda) sotilayotgani ma’lum böldi.
Preparat bolalarga yuqori dozada berilganmidi?
Boğça va maktab bolalarining ommaviy zaharlanişi ularga yod preparati yuqori dozada berilgani bilan boğliq bölişi mumkinligi haqida fikrlar yangradi. Ayrim şifokorlar bolalarga içirilgan doza JSST tavsiya etganidan ön barobargaça köp ekanligini bildirişdi. Ammo muhokamalarga sabab bölgan doza aslida SSV tomonidan tasdiqlangani ma’lum böldi.
2023 yilning 28 avgust kuni Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining qöşma qarori orqali 3-15 yoşdagi bolalarni yod preparatlar bilan ta’minlaş yuzasidan tizimli hamkorlikni kuçaytiriş közda tutilgan.
Qöşma qaror bilan 3-15 yoşdagi bolalarni yod preparatlari bilan bepul ta’minlaş tartibi töğrisida yöriqnoma ham tasdiqlangan. Mazkur yöriqnomaning 14-bandida dozalar haqida gap boradi.
Yöriqnomaga köra, haftaning har çorşanba kuni maktab va boğçalarda bolalarga yod preparatini umumiy içiriş kuni sifatida belgilangan. Kaliy yod preparati haftada bir marotaba 3-6 yoşli bolalarga 500 mikrogrammdan, 7-15 yoşli bolalarga 1000 mikrogrammdan içilişi tavsiya etilgan. Şuningdek, preparatlar suv bilan içilişi kerakligi, ta’lim maskani rahbari bu uçun şaroit yaratişi zarurligi aytilgan.
Bu örinda preparat bolalarga yuqori dozada berilgan edimi, degan savol ham oçiq qolmoqda.
Vazir va’da qilgan javoblarini aytişi kerak
450 nafar bolaning zaharlanişi bilan boğliq holat va uning sabablarini boşqa voqealar fonida şunçaki unutib yuborib bölmaydi. SSV mavzuga “çuqurroq kirib”, barça savollarga javob qaytarişi va zaharlanişga olib kelgan omillarni ommaga oşkor etişi zarur.
Zaharlaniş sabablari oçiqlanmas ekan, buni har kim öziça talqin qilib, öz versiyasini aytaveradi.
Masalan, bugunga qadar quyidagi versiyalar köp yangradi:
1-versiya. Ayrim şifokorlarning çiqişlaridan söng köpçilik preparat bolalarga yuqori dozada berilgan bölişi mumkinligi haqidagi versiyaga işona boşladi. Çunki, bolalarga tarqatilgan yod preparati dozasi JSST tavsiya etganidan ön barobargaça köp ekanligi ta’kidlandi.
Bu versiya işonçliroq desa böladi, sababi 2023 yil 4 fevral kuni Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonova imzosi bilan soğliqni saqlaş boşqarmalariga xat yuborilgan. Unda Antistrumin preparati yod yetişmasligi profilaktikasi uçun yil davomida haftada bir marta 3-7 yoşli bolalarga yarim tabletkadan, 8-15 yoşli bolalarga esa 1 tabletkadan qabul qiliş körsatilgan.
Topşiriq xatida hududlarda aholi uçun yod tanqisligi holatidagi belgilar, yod preparatlari va ularning yoşga oid tavsiya qilinişi haqida işlab çiqilgan tarqatma materiallarni maktab, boğça hamda boşqa taşkilotlarga tarğibot qiliş topşirilgan.
Ammo, 20 sentabrdan boşlangan umumdavlat kampaniyasida zaharlangan boğça bolalariga bu dori 1 tabletkadan içirilgani haqida ma’lumotlar bor.
Bu versiyaning içida yana bir holatni hisobga oliş kerak. Yod preparatini ilk marta ommaviy ravişda içirişga kirişgan ta’lim muassasalari rahbarlari topşiriqni tezroq 100 foiz “yest” qilişga kirişgan. Natijada, yöriqnoma bilan tanişmagan, har bir bolani individual holatini hisobga olmagan MTT hamşiralari yoki u yerdagi xodimlar şoşma-şoşarlik qilgan bölişi mumkin. Ya’ni, preparatlarni berişda gigiyena qoidalariga rioya qilinmagan, 2-3 ta tabletkalarni oğziga solib olgan kiçik bolalarga ham e’tibor qilinmagan.
2-versiya. Dengizdan uzoq joylaşgan Özbekiston aholisi uçun yod iste’moli favqulodda muhim ahamiyatga ega. Bu mikroelement insonning aqliy rivojlanişi, qalqonsimon bez va ovqat hazm qiliş organlari faoliyati uçun birlamçi zarurat hisoblanadi.
Davlat tomonidan yod preparatining bolalarga bepul taqdim etilişi ularning kelgusida turli kasalliklarga çidamli bölişiga yordam beradi. Uşbu preparat iste’moli orqali ular kasal bölmay qöyadi yoki kamroq kasal böladi.
Demak, kasal bölmaydigan bolaga dori ham sotib olinmaydi. Bu esa farmatsevtika sohasidagi gigant biznes egalari uçun yoqimli bölmagan holat.
Kun.uz’ga yaqin ayrim manbalarning fikriça, bolalarning zaharlaniş holati farmatsevtika biznesi egalari tomonidan davlatning yodni bolalarga bepul tarqatiş siyosatiga qarşi öylab topilgan isyon, yani ataylab ma’lum hududlarga bolaga ziyon yetkazuvçi preparat sizdirilgan bölişi mumkin. Bundan közlangan maqsad Hukumatni boşlangan taşabbusdan hafsalasini pir qiliş va bepul yodlaştiriş siyosatini bekor qilişga erişiş.
3-versiya. Bolalarning zaharlanişi asosan bir hududda kuzatildi. Demak, bolalar ovqatdan zaharlangan bölişi mumkinligi, faqat dori içilgan kunga töğri kelib qolganligi haqidagi versiya ham bor.
Lekin bu haqiqatdan yiroq. Çunki, holat kuzatilgan ilk kundanoq SSV zudlik bilan yod preparati iste’molini töxtatiş haqida topşiriq berdi. Vazirlikning bu harakati bolalar ovqatdan zaharlangan bölişi mumkinligi haqidagi versiyani şubha ostiga qöyadi.
Uşbu versiyalarning barçasi taxmin, sohaga befarq bölmagan kişilarning fikrlari, albatta. Vazir zaharlaniş sabablarini oçiqlamas ekan, ommada bu kabi taxminlar, şubha va gumonlar yuzaga kelaveradi. Muhimi, 450 nafar bola nimadan zaharlanganligini xalq bilişi şart.