20 sentabrdan Özbekistonda «Yorqin millat» dasturi böyiça yod bilan ta’minlaş işlari boşlandi, deya xabar berdi Gazeta.uz.
Yod preparatlari Soğliqni saqlaş vazirligi va Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi orqali 3 yoşdan 15 yoşgaça bölgan barça bolalar uçun bepul taqdim etiladi.
Har çorşanba yod kuni sifatida belgilanib, şu kunda mamlakatning barça maktablari va bolalar boğçalarida profilaktik dozada yod tabletkalarini bepul tarqatiş amalga oşiriladi.
Homilador va emizikli ayollar, şuningdek, maktabgaça ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalar «Yorqin millat» yod bilan ta’minlaş dasturi doirasida oilaviy şifokorlar orqali yod preparatlarini bepul oladi. Preparat va doza Özbekiston soğliqni saqlaş vazirligining respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tanlangan.
Xususiy boğça va maktablar kerakli miqdordagi dori-darmonlarni özlari joylaşgan joydagi klinikalarga murojaat qilib olişi kerak. Dasturni samarali amalga oşiriş uçun dori tarqatilayotgan muassasadagilarning ota-onalari va ma’muriyatning muntazam onlayn sörovlari orqali monitoring amalga oşiriladi.

















