Çust tumanidagi boğçaning ayrim tarbiyalanuvçilari orasida tana harorati kötarilişi, qusiş, qorin oğriği alomatlari kuzatilgan. Dastlabki şikoyat böyiça 5 nafar bola şifoxonaga olib kelingan. Keyinçalik jami 71 nafar bolaning soğligidan şikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi holat vazirning nazoratida ekanligini ma’lum qildi.
“Namangan viloyatining Çust tumanida maktabgaça ta’lim taşkilotidagi bolalar bilan sodir bölgan zaharlaniş holati yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligi barça kerakli çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda.
Tuman tibbiyot birlaşmasiga qabul qilingan bolalarning barçasiga belgilangan standartlar böyiça davo muolajalari olib borilmoqda.
Ularga yakuniy taşxis qöyiş maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib, ekspertizadan ötkazilmoqda.
Ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxşilangani sababli uyiga ruxsat berildi.
Sodir bölgan uşbu holat şaxsan Soğliqni saqlaş vaziri tomonidan qat’iy nazoratga olingan”, deyiladi SSV rasmiy bayonotida.
Vazirlik holat sabablariga oydinlik kiritilgaç, qöşimça axborot berilişini bildirgan.









