Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Oyog‘i kuygan 1,5 yashar qizcha ishi”: Popdagi bog‘cha noqonuniy tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi
Bu oilaviy bog‘cha davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, litsenziyasiz ishlayotgani aniqlandi. Hozirda uning faoliyati to‘xtatilgan, bolaning kuyishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Foto: Kun.uz
Namangan viloyatining Pop tumanidagi oilaviy bog‘chada 1,5 yashar qizaloqning oyog‘i kuydirib qo‘yilgani, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmagani bo‘yicha Kun.uz'da chop etilgan murojaat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, “Bog‘” MFY hududida yashovchi fuqaro S.F. tomonidan uyida noqonuniy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan va litsenziyasiz bog‘cha tashkil qilingani aniqlangan.
“Joriy yilning 23 aprel kuni haqiqatan ham mazkur noqonuniy tashkil etilgan bog‘chada M.R. ning farzandi bilan (qaynoq suv to‘kilishi oqibatida) noxush holat ro‘y bergani ma’lum bo‘ldi.
Ushbu noqonuniy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati to‘xtatilib, yuqoridagi holat yuzasidan huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga barcha hujjatlar taqdim etilganligi bildiriladi”, — deyiladi boshqarma munosabatida.
Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, hozirda bola kuyganligi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi aytildi.
Mavzuga oid
22:01 / 08.01.2026
Nestlé bolalar ozuqasi qaytarilmoqda. Ota-onalarni xavotirga solgan savollar
17:42 / 30.12.2025
Prezident topshirig‘i bilan 8 ming nafardan ortiq bolaga 500 dollarlik omonat hisobraqamlar ochildi
15:29 / 27.12.2025
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash tartibi yangilandi
08:38 / 25.12.2025