O‘zbekiston | 23:52 / 17.07.2021
45018
2 daqiqa o‘qiladi

Kafe va restoranlarga qo‘yilgan cheklovlar kuchaytiriladi

20 iyuldan boshlab, umumiy ovqatlanish obektlari faqat ochiq maydonlarda ishlashi mumkin. Ruxsat etilgan vaqt cheklovi (soat 08:00dan 20:00gacha) saqlab qolinadi.

Foto: Kun.uz

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, joriy yilning 28 iyunidan respublika bo‘yicha ko‘ngilochar obektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obektlari – kafe, oshxona va choyxonalarning ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat berilgan edi.

Sog‘liq saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, shu yilning 20 iyul, seshanba kunidan boshlab, umumiy ovqatlanish obektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalar soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga ruxsat beriladi.

Avvalroq, xodimlarini yetarli miqdorda emlagan kafe va restoranlarga nisbatan karantin talablarini yumshatish taklif qilingan edi. Oliy Majlis deputatlarining bu tavsiyasi Maxsus komissiya tomonidan inobatga olinmagan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, karantin sababli:

— litseylarga qabul imtihonlari sentyabrga qoldirildi;

— Qurbon hayiti namozi bekor qilinib, o‘rniga uyda Zuho namozini o‘qish tavsiya etildi;

— juma namozlari vaqtincha to‘xtatildi;

— 1 avgustdan boshlab, to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilangan;

— 6 iyuldan boshlab mamlakatda barcha turdagi ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatilgan.

Mavzuga oid