Pandemiya yanada avj olişining oldini oliş maqsadida juma namozlari vaqtinça öqilmaydi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşi fatvosi e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, boşqa namozlar niqob taqqan va oraliq masofani saqlagan holda, masjidlarning oçiq sahnlarida ado etiladi.

Masjidlarda qöl berib yoki quçoqlaşib körişiş qat'iyan taqiqlanadi.

Isitma, yötal kabi kasallik alomatlarini özida his qilganlar, keksalar va kiçik yoşdagi bolalarga jamoat namozlarida iştirok etiş tavsiya etilmaydi.

“Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoşlari iştirokida, xonadonlarda öqiladi. Marhumlarning haqlariga qilinadigan duoi fotihalarni qat'iy ravişda yurtdoşlarimiz öz xonadonlarida, oila davrasida bajarsinlar, fotihagarçiliklarga borişdan hamda ötganlarning qabrlarini ziyorat qilişdan saqlanib tursinlar”, – deyiladi fatvo matnida.

Şuningdek, Qurbon hayiti namozi ham öqilmaydigan böldi. Örniga uyda Zuho namozi öqiş tavsiya etildi.

Eslatib ötamiz, ayni paytda Özbekistonda umumiy ovqatlaniş şoxobçalarining 08:00dan 20:00gaça işlaşi tartibi amalda saqlanib qolmoqda.

6 iyuldan boşlab mamlakatda barça turdagi ommaviy tadbirlar vaqtinça töxtatilgan.

1 avgustdan boşlab, töy va marosimlarni 50 kişidan köp bölmagan holda ötkaziş belgilangan.