Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan ilk qora tanli ayol vafot etdi
Foto: Wikipedia
Amerikalik yozuvchi va adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Toni Morrison 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Yozuvchining vafoti sababi ma'lum qilinmagan.
Morrison adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan birinchi qora tanli ayol bo‘lgan. U bu nufuzli mukofot bilan 1993 yilda taqdirlangan. Yozuvchi umumiy hisobda 11 ta romanga mualliflik qilgan, ulardan oxirgisi – “Tangri, farzandimni asra” asari 2015 yilda chop etilgan. Adiba, shuningdek, bolalar asarlari, pesalar yozgan va adabiy tanqid bilan shug‘ullangan.
Yozuvchi o‘z faoliyati davomida 30 dan ortiq mukofot, jumladan “Mahbubam” romani uchun nufuzli Pulitser mukofotini olgan. Time jurnali ushbu asarni 1923 yildan 2005 yilgacha nashr etilgan ingliz tilidagi eng yaxshi romanlar yuztaligiga kiritgan.
Mavzuga oid
07:40 / 30.10.2025
Reyting: Nobel mukofoti laureatlari eng ko‘p bo‘lgan mamlakatlar
17:20 / 15.10.2025
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel laureatlari: ular nimani isbotlashgan?
17:25 / 13.10.2025
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi
21:27 / 11.10.2025