Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida iqtisodiy islohotlar, xususan aholini kambağallikdan çiqariş masalasiga alohida urğu berildi.
«Sönggi tört yilda iqtisodiyotimizning barça jabhalariga bozor mexanizmlarini joriy etiş borasida jiddiy qadamlar taşlandi.
Endigi vazifa – çuqur tarkibiy islohotlar orqali uzoq muddatli barqaror ösişning poydevorini yaratişdan iborat. Şularni inobatga olib, keyingi yilda quyidagi yönalişlarda keng qamrovli işlarni amalga oşiramiz.
Birinçidan, kambağallikni qisqartiriş borasida kompleks yondaşuv va nostandart usullarni joriy etamiz.
Bir haqiqatni aniq tuşunib olişimiz kerak – kambağallik masalasi kredit, ijtimoiy nafaqa yoki uy beriş bilan öz-özidan hal bölib qolmaydi.
Buning uçun ta'lim, soğliqni saqlaş, kasb-hunarga öqitiş, içimlik suv, energiya va yöl infratuzilmasi bilan boğliq kompleks muammolarni hal etib boriş kerak.
Nima uçun biz «temir daftar»ni joriy etdik? Bundan maqsad – ehtiyojmand aholini töğri aniqlaş va şu asosda ular bilan manzilli işlaşni taşkil etiş.
Kelgusi yildan töliq işga tuşadigan «Ijtimoiy reyestr»da «temir daftar»dagi barça ma'lumotlar qamrab olinib, ehtiyojmand oilalarga 30dan ziyod ijtimoiy xizmatlar elektron şaklda körsatiladi.
Birinçi navbatda, kambağal aholining asosiy ehtiyojlarini kafolatli ta'minlaşimiz lozim. Bu masalada xalqaro ekspertlar bilan çuqur tahlil asosidagi hisob-kitoblar yakuniga yetkazilmoqda.
Kelgusi yil 1 martdan boşlab, aholining minimal iste'mol xarajatlari e'lon qilinadi.
Hukumat ikki oy muddatda ijtimoiy kafolatlarni bir tizimga keltirib, ularni minimal me'yorlar darajasida bosqiçma-bosqiç ta'minlaş böyiça dastur işlab çiqsin.
«Temir daftar»ga kiritilgan har bir fuqaroni kambağallikdan çiqariş böyiça «motivatsiya, könikma va moliyaviy kömak» tamoyili asosida yangi mexanizm joriy etiladi», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.











