Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda davlat iştirokidagi korxonalarning aksariyati moliyaviy barqaror bölmagani uçun davlatga oğir yuk bölib qolmoqda. Şuning uçun joriy yildan barça davlat korxonalarini isloh qiliş dasturi amalga oşirilmoqda.

“Kelgusi yilda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Özbekneftgaz”, “Özbekgidroenergo”, “Özavtosanoat” xalqaro moliya bozoriga çiqib, davlat kafolatisiz mablağ jalb qiliş imkoniyatiga ega böladi.

Tan oliş kerak, mutaxassislarning bilim va malakasi, yirik korxonalarning texnik imkoniyatlari ularni mustaqil transformatsiya qiliş uçun yetarli emas. Şuning uçun elektr energetikasi, neft-gaz va kimyo sanoati, maşinasozlikdagi yirik korxonalar hamda tijorat banklarini isloh qilişga Jahon banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda MacKenzie, Boston Consulting Group, Rothschild kabi xalqaro tan olingan kompaniyalar jalb etildi”, - dedi prezident.

Ta'kidlanişiça, 2021 yilda strategik ahamiyatga ega bölgan 32 ta yirik korxona va tarmoqni transformatsiya qiliş işlari amalga oşiriladi. 

“Banklar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş e'tiborimiz markazida böladi. 2021 yilda “Sanoatqurilişbank”, “Asaka bank”, “Ipoteka bank”, “Aloqabank”, “Turonbank” hamda “Qişloq quriliş bank”ni xususiylaştirişga tayyorlaymiz. Kamida bitta yirik bankdagi davlat uluşi strategik investorlarga töliq sotiladi. Bu borada yetakçi Yevropa banklari bilan muzokaralar olib borilmoqda. 

Tarkibiy islohotlarning yana bir yönalişi davlatning iqtisodiyotdagi iştirokini kamaytirişdir.

Biz davlat aktivlarini oçiq-oşkora va samarali sotiş uçun xalqaro moliyaviy va huquqiy maslahatçilarni jalb etgan holda qator korxonalarni xususiylaştirişga oid keng qamrovli işlarni boşladik. Kelgusi yilda “Farğonaazot” va “Dehqonobod kaliy” zavodlari, “Koka-kola içimligi” korxonasi, “Bildirsoy” va “Çorvoq” oromgohlari, “Içan qal'a” va Hyatt Regency mehmonxonalari, “Poytaxt” biznes majmuasi, alkogol, yoğ-moy kabi tarmoqlardagi 83 ta yirik korxonadagi davlat uluşi sotuvga qöyiladi. 

Umuman olganda, davlat uluşi bölgan korxonalar soni kelgusi ikki yilda kamida 3 barobar qisqartiriladi”, - dedi Şavkat Mirziyoyev.