Davlat aktivlarini boşqariş agentligi CCBU’dagi davlat uluşini sotiş jarayoni umume'tirof etilgan, mamlakatimiz qonunçiligiga zid bölmagan, xalqaro amaliyotga muvofiq barça manfaatdor xaridorlar uçun oşkoralik tamoyillari asosida taşkil etilişini ma'lum qildi.

Ta'kidlanişiça, şu maqsadda hukumat farmoyişiga muvofiq, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi va Adliya vazirligining rahbar tarkibi vakillaridan iborat işçi guruh tuzildi. Şuningdek, tanlov asosida – Rothschild & Co investitsiya banki (moliyaviy maslahatçi), Dentons yuridik firmasi (yuridik maslahatçi), şuningdek KPMG (moliyaviy va soliq hisobotlarini tuziş, şuningdek, kompaniyaning ustav kapitalidagi davlat uluşini baholaş) kabi yetakçi xalqaro maslahatçilar jalb qilindi.

Rotşildlar moliyaviy tuzilmasining Rossiya va MDH davlatlari böyiça rasmiy vakili Jiovanni Salvetti 2018 yili OAVga bergan intervyusida bank rahbariyatining Özbekiston bozoriga kiriş istagi borligini bildirgandi.

«Özbekiston katta istiqbolli mamlakat va yangi rahbariyat davlatni modernizatsiya qilişga bel boğlagan, deb öylayman. Bizning Qozoğistondagi işlarimiz, ya'ni davlat mulklarini xususiylaştiriş va banklar transformatsiyasiga kömak berganimizdagi tajribasini Özbekistonda ham qöllasa böladi», — degan Salvetti.

Davlat aktivlarini boşqariş agentlikning xabar berişiça, bitim işga tuşirilganda agentlik veb-saytida belgilangan mezonlarga javob beradigan barça manfaatdor tomonlarni iştirok etişga taklif qiluvçi axborot xabari e'lon qilinadi.

«Mezonlar qatoriga tegişli operatsion faoliyat tajribasiga va Bitimni amalga oşiriş uçun yetarli moliyaviy va boşqaruv resurslariga ega böliş, Özbekiston Respublikasi iqtisodiyotida uzoq muddatli investor sifatida qatnaşiş istagi va tayyorlik, şuningdek, TCCECning biznesini rivojlantiriş, işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş va marketingga investitsiyalar kiritiş böyiça strategik rejalariga muvofiqlik kiradi. Mezonlarning töliq röyxati Bitim işga tuşirilganda e'lon qilinadi», — deyiladi xabarda.