Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznes-ombudsmanga mulkka doir huquqlarni buzgan rahbarlarni ma'muriy javobgarlikka tortish vakolati beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaati davomida kelasi yilda ham tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha yanada qulay sharoitlar yaratilishini ma'lum qildi.
«Bir narsani ochiq tan olish kerak, pandemiya davrida iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun tadbirkorlar davlat bilan teppa-teng hissa qo‘shdilar. Shuning uchun barchamiz tadbirkorlarga yelkadosh bo‘lib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlashimiz shart.
Bu borada ishbilarmonlarning haq-huquqlarini, ayniqsa, xususiy mulk daxlsizligini ta'minlash barcha darajadagi davlat organlarining asosiy vazifasi bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga, ayrim joylarda tadbirkorlarning mulkka doir huquqlarini buzish holatlari davom etmoqda. Bu masalada davlat organlari tizimidagi rahbar va mutasaddilarni ma'muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha Biznes-ombudsmanga vakolat berishni taklif etaman.
Kelgusi yilda «Soliqchi – ko‘makchi» tamoyili asosida tadbirkorlar uchun ularning biznes hamkorining soliq qarzdorligi haqidagi ma'lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.
Tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 105ta litsenziya va ruxsatnoma turlari bekor qilinadi, 115tasi bo‘yicha esa tartib-qoidalar soddalashtiriladi.
Pandemiya sharoitida aylanma mablag‘ tanqisligiga duch kelgan tadbirkorlarimiz «oyoqqa turib olishlari» uchun ularga ko‘mak berishni davom ettiramiz», - dedi prezident.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
21:09 / 08.06.2026
Prezident 4-mis boyitish fabrikasi loyihasini ishlab chiqishni jadallashtirishni buyurdi
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
20:00 / 08.06.2026