Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil yakuniga qadar davlat budjetiga 2,6 trillion so‘m kelib tushmasligi xavfi bor – Moliya vaziri o‘rinbosari
Yil oxiriga qadar davlat budjetiga 128,5 trillion so‘m mablag‘ kelib tushishi prognoz qilingan. Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovning ma'lum qilishicha, o‘tgan hafta qilingan tahlillarga ko‘ra, 2,6 trillion so‘m mablag‘ kelib tushmasligi xavfi bor.
Vazir o‘rinbosari har oyda prognozlar yangilab borilishi, pandemiya boshida, mart oyi oxirida qilingan tahlillar juda qo‘rqinchli bo‘lgani, lekin hozir biznes ham sharoitga moslashib borayotganini qayd etib o‘tgan.
U ijtimoiy nafaqa tarqatish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Aprel holatiga ko‘ra, 555 ming oila ijtimoiy nafaqa olgan bo‘lsa, 1 avgustga qadar 779 ming oila moddiy yordam oldi. Yil oxiriga qadar 1 million-1 million 200 ming oilaga moddiy yordam berish maqsadi qo‘yilgan.
Ijtimoiy yordamni kimga berish kerak degan savolga javob topish juda qiyin bo‘ldi. May oyida «Saxovat va ko‘mak» loyihasi tashkil qilindi, keyinroq esa hayit arafasida yordam ko‘rsatildi.
Lekin moddiy yordam berishning yagona tizimi yo‘qligi ham ko‘rindi. O‘tgan yili yagona sotsial reyestr tashkil qilish ishlari boshlangandi. Unga kiritilgan oilalar turli ko‘rinishda yordam olish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Pandemiya bu ishlarni tezroq amalga oshirish kerakligini ko‘rsatdi», dedi u AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Qayd etilishicha, yagona sotsial reyestr 1 yanvardan ishga tushirilsa, keyingi yilning birinchi yarimyilligida ijtimoiy yordam oluvchi oilalar sonini 1,2-1,5 millonga yetkazish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
12:28 / 11.03.2026
BioNTech asoschilari boshqa kompaniyaga o‘tishini e’lon qildi
10:25 / 25.11.2025
Avstriya biznes delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda
17:31 / 16.04.2025