Ötgan 1 oy içida Buxoroda 9 oylik çaqaloqning buğdoyzorga taşlab ketilgani, Turkiyaga ketgan ayolning 3 yoşli qizini urib öldirib qöygan xolasi, Toşkentda 70 yoşli ayol 96 yoşli onasini piçoqlab öldirgani, Farğona neftni qayta işlaş zavodi işçi ayoli öziga benzib sepib yoqib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bunday fojialar 1-2 yilda yetilib qolmaydi, ular yillar davomida yiğilib qolgan muammolarning isyonidir. Ilojsiz holda qolayotgan kişilar jamiyatdan yordam ololmasligini sezib, yuqoridagi kabi xatolarga yöl qöyyapti. Özbek jamoat faollarining fikriça, bunday noxuş holatlar ijtimoiy himoya tizimi yölga qöyilmagan davlatlarda yuz beradi.

“Ijtimoiy himoyaning institutsional asoslarini isloh qiliş masalasi çözilib kelmoqda”

Bloger, jamoat faoli Aziza Umarova Özbekistonda aholini ijtimoiy himoya qiladigan alohida bir taşkilot bölişi, uning tarkibida bolalarni himoya qiladigan va ijtimoiy xizmat xodimlari faoliyatini muvofiqlaştiruvçi departamentlar tuziş taklifini berdi.

– Ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, onasi Turkiyaga işlagani ketgan ayolning uç yoşli qizçasini xolasi kaltaklab, urib öldiribdi. Ma’lum bölişiça, xolasi özini qaramoğida bölgan jiyançasini doimiy ravişda kaltaklab kelgan.

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qiladigan alohida bir taşkilot bölişi şart.

Bu taşkilot tarkibida bolalarni himoya qiladigan departament bölişi kerak.

Xuddi şu taşkilot tarkibida ijtimoiy xizmat xodimlari faoliyatini muvofiqlaştiruvçi departament bölişi şart.

Xuddi şu taşkilot tarkibida ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş departamenti bölişi şart.