Farğona viloyati, Uçköprik tumanidagi davlat xodimlari karta öynagani aks etgan fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, ular işdan ketgani ma’lum böldi.
Qayd qilinişiça, fotosuratdagi Uçköprik tumani kambağallikni qisqartişiriş va bandlik bölimi boşliği örinbosari Dilşodbek Daliyev va tuman iqtisodiyot, moliya bölimi boşliği Sirojiddin Rahmonaliyev bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.
Dilşodbek Daliyev işdan böşaş haqida özi ariza yozganini ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilgan.
«Beayb parvardigor. Tan oliş ham mardning işi. Alloh nazaridan qolmasam böldi. Men özimni oqlamoqçi emasman. Xato qilgan bölsam, qonun oldida javob beraman. Mard bölib arizamni yozib, keça işdan ketganman», deb yozdi u.
Uning qöşimça qilişiça, fotosurat eski bölib, 26 avgustda (şanba, dam oliş kuni) olingan. Voqea qayerda sodir bölganiga oydinlik kiritilmagan. Şuningdek, fotosuratdagi qolgan ikki nafar şaxsning kimligi ham noma’lum.












