Boş prokuratura huzuridagi Departament xabariga köra, tezkor tadbir uning Qöştepa tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan.
Maʼlum qilinişiça, fuqaro S.Q.ning Xumdon mahallasidagi issiqxonasi umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga hisoblagiçdan taşqari ulangani yuzasidan dalolatnoma tuzilgan.
Qöştepa tumani ETK muhandisi D.T. uşbu dalolatnomani yöq qilib berişni vaʼda qilgan. Departament maʼlumotiga köra, u buning evaziga 3 mln söm olgan vaqtida qölga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari bilan firibgarlikka suiqasd qiliş böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.













