Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida kinoaktyorlar bilan uçraşuvlar va boşqa ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar talabalarda katta qiziqiş uyğotmoqda. Yaqinda “Faxrim, ziyo maskanim – Milliy universitet” şiori ostida ötkazilgan talaba-yoşlar festivali doirasida bir guruh taniqli kinoaktrisalar bilan davra suhbati bölib ötdi.
ÖzMU prorektori Davlatboy Jumaboyev, Murabbiylar kengaşi raisi Abror Xidirov va boşqalar tomonidan yurt mustaqilligi yillarida yaratilgan qator filmlar yoşlar dunyoqaraşini munosib şakllantirişga xizmat qilayotganini, ularni “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta'siridan asraşda milliy kino san'atining ğoyat muhim örin tutişi alohida ta'kidlandi.

Köpsonli muxlislari qalbidan joy olayotgan kinoaktrisalar Gulxumor Abdullayeva, Söğdiyona Azimova va Sitora Olimjonova yangi-yangi filmlar yaratiş yölida amalga oşirayotgan işlari, bu borada erişilgan yutuqlari va yeçimini kutayotgan muammolar haqida sözlab berdi.
Davra suhbatida talabalar özlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olişdi.







