YeXHTning OAV erkinligi masalalari böyiça vakili Arlem Dezir Özbekiston hukumatini ayrim ommaviy axborot vositalarini bloklaşni töxtatişga çaqirdi. Rasmiy murojaat xalqaro taşkilot veb-saytida e'lon qilingan.

«Men hukumatga onlayn-OAVga tösiqsiz kirişni ta'minlaş uçun qator islohotlar ötkaziş iltimosi bilan çiqdim. Davlat organlariga şuni takrorlab ötmoqçimanki, har qanday bloklaş çorasi faqat xalqaro standartlarga muvofiq oqlanişi, istisno tariqasida qöllanilişi hamda qonuniy maqsadga qat'iy mutanosib bölişi mumkin», - deya ta'kidlab ötdi u öz murojaatida.

Uning ma'lum qilişiça, Özbekistonda Ozodlik, Eurasianet.org, AsiaTerra, Uzmetronom, «Fergana.ru» va boşqa onlayn-naşrlar hamon bloklanmoqda.

Eslatib ötamiz, 2018 yilda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Internetda ekstremistik yoki nafrat uyğotişga sabab böluvçi mahsulotlarni tarğib qiluvçi» ommaviy axborot vositalarini bloklaş töğrisida qaror qabul qildi.

«Biroq, na taqiqlangan resurslar röyxati, na körsatilgan OAVni bloklaşga olib kelgan aniq mezonlar e'lon qilinmadi», - dedi YeXHT vakili.

Arlem Dezir Özbekiston hukumatini bloklangan saytlarga kirişni qayta tiklaş va mamlakatda axborot oliş hamda fikr bildiriş erkinligiga aloqador qonunlar va huquqiy hujjatlarni isloh qilişga çaqirdi.

«Iştirokçi davlatlar OAV erkinligiga oid öz qonunlari, siyosati va amaliyoti xalqaro majburiyatlarga töliq mos kelişini ta'minlaşi şart», - deya xulosa qildi u.