Bugun, 15 yanvar kunining birinçi yarmida Özbekistonda internet uzilişlar bilan işladi, uning tezligi sezilarli darajada tuşib ketdi.
Mahalliy interenet-provayderlari, jumladan Turon Telecom, TPS va EVO tomonidan bu muammolar «Özbektelekom» olib borayotgan texnik işlar bilan boğliqligini ma'lum qildi.
Şu bilan birgalikda, kunning ikkinçi yarmida internet bilan boğliq muammolar barham topib, Özbekistonda internet foydalanuvçilari Facebook ijtimoiy tarmoği va YouTube saytiga muammosiz, heç qanday vositalarsiz, töğridan-töğri kirişni boşlaşdi.
Şuningdek, endi BBC Uzbek, «Ozodlik», «Fergana.ru» va «Amerika Ovozi» kabi saytlarga kirişda ham avvalgidek VPN’ga hojat bölmayapti.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2018 yilning sentabr oyi boşida Facebook’dan foydalanişda muammolar yuzaga kelgandi, oktabr oyidan esa YouTube portaliga ham yordamçi vositalarsiz kirib bölmay qolgandi.
Şundan keyin özbekistonliklar orasida xususiy virtual tarmoq – VPN’dan foydalaniş ommalaşgan, foydalanuvçilar şu vosita orqali bloklangan saytlarga kira boşlaşgandi.
Ma'lumot uçun, Özbekistondagi barça internet provayderlari va operatorlari internetga «Özbektelekom» kompaniyasi orqali internetga ulanadi. Yuqoridagi saytlarga kiriş tösilganida «Özbektelekom» ham, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi ham bu muammolarga aloqador emasligini bildirgandi.
Facebook işlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi








