Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Alter Ego dasturida intervyu berdi. Unda u Facebook va YouTube’ning bloklanişi haqidagi savolga javob qaytardi.
“Agentlik rahbari bölib tayinlanganimdan söng Facebook va YouTube’ning yoqilişi böyiça ma'lum bir harakatlarni amalga oşirdik. Bloklagan şaxslar hozir qamoqda ötiribdi. Bunda mantiq şundan iborat bölganki, ularning fikriga köra, juda köp salbiy ma'lumotlar mavjud edi. Va ular Facebook hamda YouTube’ni yopiş orqali salbiy ma'lumotlar oqimini kamaytiriş mumkin, degan qarorga kelişgan. Bu borada juda jiddiy munozaralar böldi. Men salbiy ma'lumotlar bilan qarşi dalillar va qarşi faktlar orqali kuraşiş kerakligini aytdim.
Bu töğri yöl, boşqa yöl yöq. Bugungi kunda internetni öçirib qöysangiz, heç narsaga erişa olmaysiz. Xöş, Facebook öçirildi. Oxir-oqibat nima böldi? Hamma VPN’dan foydalanişni boşladi. VPN esa barça xavfsizlik tizimlarini buzadi. U hamma manbalarga kiriş imkoniyatini oçadi. Agar hamma VPN’dan foydalanişni boşlasa, unda davlatda nazorat qiliş vositalari qolmaydi, masalan, terroristik saytlar, konstitutsiyaga qarşi turli harakatlarga tarğib qiluvçi yoki giyohvand moddalar savdosi böyiça saytlar. Axir, hozirda bularning barçasi saytlar orqali amalga oşirilmoqda. Agar har bir fuqaro har qanday tösiqdan ötib ketadigan VPN’ga ega bölsa, unda öz davlatingizni qanday himoya qila olasiz? Biz buni tuşuntirdik va bunga erişdik”, - deydi K.Allamjonov.












