Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ERIELL Group: quduqlarni qurishda innovatsion texnologiyalar qo‘llanmoqda
ERIELL Group Surxondaryo viloyatidagi «Mustaqillikning 25-yilligi» obektida quduqlarni muvaffaqiyatli ravishda qurish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etmoqda. Erishilgan muvaffaqiyatlarga qaramay, mazkur yo‘nalishdagi ishlar ikki barobar kuch bilan davom etmoqda.
Quyida loyihadagi tajriba-sanoat ishlariga joriy etilayotgan texnologik innovatsiyalarga bir necha misol keltiramiz. Mazkur tajriba butun respublika bo‘ylab yangi texnologiyalarni tahlil qilish va tarqatish, kelgusida esa quduqlar qurilishi sifatini yaxshilash va xomashyo qazib olinishini oshirish imkonini beradi.

№3-OE qudug‘ida mahsulot mavjud bo‘lmagan bo‘shliqlarni yopgan holda qatlamlarni gidro portlatishni amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus muftalarga ega ekspluatatsion kolonnalar ishga tushirildi. Mazkur innovatsion yangilik 2-3 oydan ortiq vaqt cho‘zilib ketishi mumkin bo‘lgan quduqlarni sinovdan o‘tkazishga ketadigan vaqtni tejash imkonini beradi, shuningdek sinovga ketadigan vaqtni 30-60 sutkagacha qisqartirishga xizmat qiladi.

Burg‘ilangan quduqlarda geofizik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun ERIELL Group mashhur Schlumberger kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar №5-OE va qiya yo‘naltirilgan №6/03 quduqlarida amalga oshirilgan. Mazkur kompaniya burg‘ilangan jinslarning xossalarini aniqlashning eng yangi usullariga ega, bu esa quduqlarning geologik jihatdan tuzilishini yanada batafsil o‘rganish va kon bo‘yicha rejadagi gaz zaxiralarini aniq hisob-kitob qilishga imkon beradi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim doirasida «O‘zbekiston Mustaqilligi» investitsiyaviy blokida Surhan Gas Chemical Operating Company MChJ XK kompaniyasi tomonidan ERIELL Groupni jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda.
ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
Prezident Gulistondagi gaz portlashida jabrlanganlar holidan xabar oldi
Jamiyat | 14:15 / 04.12.2025
“Ekologik” reydlar: Andijonda somsa yopiladigan tandirlar buzib tashlandi
O‘zbekiston | 18:36 / 03.12.2025
Oksford lug‘ati yil so‘zini rage bait deb atadi. Bu nima o‘zi?
Jahon | 22:26 / 01.12.2025
Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib plastik pulni muomalaga kiritdi
Jahon | 18:25 / 01.12.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina aholisi 42 milliondan 36 milliongacha kamaydi – OAV
Jahon | 23:21 / 04.12.2025
-
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
Jahon | 23:00 / 04.12.2025
-
Prezident gaz portlashida jabrlanganlar bilan uchrashdi va 4,5 mln tonnalik paxta rejasi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:47 / 04.12.2025
-
Maktablarda qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi
O‘zbekiston | 22:33 / 04.12.2025
Mavzuga oid
12:59 / 29.12.2022
ERIELL Group yangi yil oldidan bolalarni xursand qildi
12:44 / 02.12.2022
Haqiqatda zarur bo‘lganlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsating
09:00 / 01.10.2022
O‘qituvchilik - sharafli kasb
17:00 / 31.08.2022