«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi
Yaqinda start berilgan «Bir million o‘zbek dasturchisi» loyihasi navbatdagi mavsumida bepul ITʼga ixtisoslashgan kurslar soni ko‘paytirildi. Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi loyiha doirasida yuqori natija ko‘rsatgan qatnashchilarga 2 ta elektromobil, 700 ta noutbuk, chet elga sayohat va pul mukofotlari berilishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda «Bir million o‘zbek dasturchisi» loyihasining navbatdagi mavsumiga start berildi. Bu haqda 3 dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot kotibi ishtirokida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
IT sohasida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarga «Coursera» ta’lim platformasida bepul o‘qib, xalqaro IT sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi. Joriy yil 29 noyabrdan boshlab uzbekcoders.uz sayti orqali mazkur bepul kurslarida o‘qish mumkin. Shuningdek,
- Data Science Math Skills;
- Introduction to User Experience Design;
- Managing Responsibly: Practicing Sustainability;
- Responsibility and Ethics;
- Excel Fundamentals for Data Analysis;
- Introduction to Generative AI kabi yangi bepul kurslar qo‘shildi.
«Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi 2025-2026 yillar rejasida xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini 1 million nafarga, professional xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini esa 30 ming nafarga yetkazish belgilangan. Qolaversa, loyiha doirasida yuqori natija ko‘rsatgan eng yaxshi 2 ta maktabga Prezident sovg‘asi – 2 ta elektromobil berilishi ham rejalashtirilgan. Shu bilan birga, loyiha doirasida 14 ta hududda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga 700 ta noutbuk, Top-10 nafar o‘qituvchilar uchun chet elga sayohat, loyiha doirasida eng yuqori natija ko‘rsatgan 100 nafar o‘qituvchiga 10 million so‘mdan pul mukofoti va Top-3 oliy ta’lim muassasalariga pul mukofotlari berilishi rejalashtirilgan.
«Raqamli texnologiyalar sohasidagi ishlarning aksari dunyoning istalgan nuqtasidan ishlashga imkon beradi. Farzandingiz to‘g‘ridan to‘g‘ri uydan turib jahonning yetakchi kompaniyalarida ishlashi mumkin bo‘ladi. Bugun mamlakatimizda 10 mingdan ziyod dasturchilar masofadan turib AKT bozorida xizmat ko‘rsatmoqda. Ularni rag‘batlantirish tizimi takomillashuvi ortidan 2030 yilgacha bu raqamning 30 mingga yetishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda 2 ming nafar davlat xizmatchisi xalqaro darajadagi IT sertifikatlarni qo‘lga kiritgan, buning uchun ularga qo‘shimcha oylik ustama joriy qilingan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reytinglar qulamoqda – amerikaliklar Donald Trampning birinchi 100 kunini baholadi
Jahon | 18:45
-
Italiyada milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqiladi
Jahon | 18:29
-
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor
Jahon | 18:16
-
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
Jahon | 17:35
Mavzuga oid

20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi

15:34 / 10.04.2025
«O‘zbekiston investorlari kuni» yana 7 ta shaharda tashkil etiladi

14:00 / 09.04.2025
O‘zbekistonda uch yilda noyob metallar bo‘yicha 76 ta loyiha amalga oshiriladi

09:18 / 07.04.2025