Dubay şahrida yiğin ötkazayotgan futbol böyiça Özbekiston ayollar terma jamoasi Birlaşgan Arab Amirliklari jamoasiga qarşi 2ta örtoqlik uçraşuvi ötkazdi. ÖFF matbuot xizmati tarqatgan xabarga köra, jamoa 2018 yilgi Osiyo Kubogi musobaqasining saralaş öyinlariga tayyorgarlik körayotgan jamoa 8 mart kuni BAAga qarşi ilk öyinda 8:1 hisobida ğalaba qozongandi. Öyinda Mahliyo Sarikova hamda Lianna Norbekova raqib darvozasiga uçtadan töp kiritgan bölsa, Lyudmila Karaçik va Kamola Risqiyeva bittadan golga mualliflik qildi. 

12 mart kungi bahs esa Özbekiston vakillarining 5:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan.

Osiyo Kubogining final bosqiçiga yöl oliş uçun Özbekiston ayollar terma jamoasi Janubiy Koreya, Hongkong, Hindiston hamda KXDR termalariga qarşi öyinlar ötkazadi. Saralaş bosqiçi uçraşuvlari 3-11 aprel kunlari bölib ötadi. 

Ma'lumot uçun, Özbekiston ayollar terma jamoasini Şerali Boboqulov boş murabbiy sifatida boşqaradi.

Örtoqlik uçraşuvi
Dubay, BAA
12 mart, yakşanba
BAA — Özbekiston 0:5
Gollar: Mahliyo Sarikova (0:1). Lianna Norbekova (0:2). Lyudmila Karaçik (0:3). Dildora Nozimova (0:4). Mahfuza Turopova (0:5).