Dubai Gold District tijorat yönalişi böyiça katta direktori Raşid al-Hamudiyning Emarat Al Youm naşriga aytişiça, yangi obyektni yaqin ikki oy içida oçiş közda tutilgan.

Yölak aholi va sayyohlarga oltin yöl böylab sayr qiliş imkonini berişi aytilmoqda. Taşabbus savdo hududiga köproq mehmon jalb etiş hamda Dubayning turizm va jahon oltin savdosi markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaşga qaratilgan.

Biroq xabarda yölakning aniq uzunligi, unda qança oltin işlatilişi va konstruksiyasiga oid tafsilotlar keltirilmagan.

Al-Hamudiy savdo hududida yangi körgazma majmuasini taşkil etiş rejasi haqida ham maʼlum qilgan. U oltin va zargarlik buyumlari savdosi böyiça Yaqin Şarqdagi eng yirik körgazma maydoniga aylanişi möljallangan.

Hozir Dubai Gold District infratuzilmasi kengaytirilmoqda. Bu yerda öz bölinmalarini oçiş istagidagi oltin va zargarlik kompaniyalari talabi ortib borayotgani qayd etilgan.

Al-Hamudiyning prognoziga köra, 2027-yil davomida faoliyatini uşbu hududga köçirayotgan kompaniyalar soni 10–20 foizga oşişi mumkin. Kengaytiriş doirasida yangi ofislar va savdo joylarini taşkil etiş ham rejalaştirilgan.