Oʻzbekiston milliy jamoasi 1-oktabr kuni Toshkent shahrida Suriya milliy jamoasiga qarshi oʻrtoqlik bahsini oʻtkazdi.
28-daqiqada Sherzod Esanov raqib jarima maydoni ichida toʻpni egallab oldi va darvozaga kiritdi.
44-daqiqada Akmal Mozgovoy darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, qulay vaziyatni golga aylantirdi.
49-daqiqada Husayn Norchayev jarima maydoniga yetkazilgan toʻpni boshi bilan darvozaga aniq yoʻlladi. 90-daqiqada uning oʻzi yana bir bor raqib darvozasini ishgʻol etdi.
Soʻnggi soniyalarda Suriya bitta gol urishga muvaffaq boʻldi. Himoyachi Muhammad Hakimov toʻpni bexosdan oʻz darvozasiga yoʻllab qoʻydi.
Oʻzbekiston milliy jamoasi FIFA kunlaridan foydalanib uchta oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazadi. Avvalroq, 24-sentabr kuni milliy jamoa Fargʻona shahrida Eronni 3:1 hisobida magʻlub etgan edi.
Endi Oʻzbekiston 6-oktabr kuni safarda Janubiy Koreya mehmoni boʻladi. Oʻyin Yonʼin shahridagi «Mireu» stadionida oʻtkaziladi.
Oʻrtoqlik oʻyini
1-oktabr, Toshkent, «Paxtakor» stadioni
OʻZBEKISTON - SURIA 4:1
Gollar: Sherzod Esanov (28), Akmal Mozgovoy (44), Husayn Norchayev (49, 90) - Muhammad Hakimov (90+3 avtogol)
Oʻzbekiston: Abduvohid Neʼmatov, Abduqodir Husanov (Nurmuhammad Abdugʻaniyev, 86), Behruz Karimov (Hojiakbar Alijonov, 63), Jahongir Oʻrozov (Muhammad Hakimov, 86), Akmal Mozgovoy (Diyor Xolmatov, 78), Odil Hamrobekov (Umarali Rahmonaliyev, 63), Aziz Amonov (Aziz Xolmurodov, 78), Husayn Norchayev, Abbos Fayzullayev (Jasurbek Jaloliddinov, 63), Sherzod Esanov, Mahmud Mahamadjonov.
Bosh murabbiy: Fabio Kannavaro (Italiya)
Suriya: Elias Hadaya, Ahmad Faqa, Ayham Hanz Usu, Abdulloh ash-Shomiy (Xolid Kurdoʻgʻli, 58), Jan Yahyo Mustafo (Mahmud al-Mavos, 58), Mahmud al-Asvad (Elmar Abraham, 46), Muhammad Usmon (Visom Duxon, 88), Ahmad Yosin ad-Daliy (Zakariyo Hannon, 46), Yohannes Danho (Abdurrazzoq al-Muhammad, 58), Nuh Leon (Umar as-Soma, 58), Alouddin Yosin ad-Daliy (Muhammad al-Halloq, 46)
Bosh murabbiy: Xose Lana (Ispaniya)
Ogohlantirishlar: Mahmud al-Asvad (11), Mahmud Mahamadjonov (77)
















