Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim mavzulari – Kun.uz dayjestida.

“Svet”da çegirma, propanda yangi narx

Gazlaşmagan hududlar uçun elektr energiyasi tölovidan çegirma nihoyat kuçga kirdi. Hukumat qaroriga binoan, 1-noyabrdan eʼtiboran tabiiy gaz taʼminoti mavjud bölmagan va tabiiy gaz yetib borişi qiyin bölgan hududlarda isitiş mavsumida elektr energiyasining bazaviy normasi 200 kWh'dan 350 kWh'ga oşirildi.

Bu imtiyoz qöllanadigan abonentlar röyxatini Energetika vazirligining taklifi asosida viloyat hokimlari tasdiqlaydi. Imtiyozning puldagi qiymatini hisoblasak, gazsiz va gaz yetib borişi qiyin hududlarda yaşovçilar amaldagi tariflarda bazaviy normaning oşirilişidan oyiga 37 500 sömgaça, tört oylik isitiş mavsumida esa jami 150 ming sömgaça manfaat köradi.

Boşqa bir farmonga asosan, isitiş mavsumi boşlanişi munosabati bilan ehtiyojmand oilalarga 1 mln sömdan moddiy yordam tarqatiladigan böldi. Moddiy yordam Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga, şu bilan birga, reyestrga kiritilmagan, lekin jon boşiga daromad 1 mln 430 ming sömga yetmaydigan oilalarga ajratiladi. Markazlaşgan isitiş tizimiga ulangan köp kvartirali uylarda yaşovçi kam daromadli aholi ham 1 mln sömlik yordam bilan qamrab olinadi.

Yana bir hujjat suyultirilgan gaz taʼminoti bilan boğliq. Unga köra, 15-noyabrdan eʼtiboran aholi xonadonlariga yetkazib beriladigan propan narxi kilosiga 2000 sömdan 5000 sömga kötariladi. Yaʼni 20 kilolik standart hajmdagi propan narxi hozirgi 40 ming sömdan 100 ming sömga yetadi. 2,5 karra qimmatlaşuvning ijtimoiy oqibatlarini yumşatiş uçun, ehtiyojmand oilalarga xarid qilingan propanning har bir kilogrammi uçun 3000 sömdan, oyiga 20 kilogrammgaça hajm uçun kompensatsiya tölanadi. Yaʼni eng kambağal qatlam uçun narx oşişidagi 60 ming sömgaça bölgan farq töliq qoplab beriladi.

Qaror bilan, bitta uyda ikki va undan ortiq oila yaşaydigan hollarda, har bir oilaga alohida bittadan maişiy gazballon ajratilişiga ruxsat berildi. Bunda xonadondagi gaz plitasi neçtaligi ahamiyatga ega emas. Bir neçta gazballon yetkazib berilişi uçun mahalla idorasi va gaz taʼminoti xodimlari iştirokida dalolatnoma tuzilişi talab etiladi.

Şu kunlarda propan taʼminotida yonğin xavfsizligini közda tutuvçi qonun ham imzolandi. Qonun bilan, avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida propan gazini maişiy gazballoniga quyiş taqiqlanmoqda. Taqiqni buzgan gaz quyiş şoxobçalari BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça jarimaga tortiladi. Qonun 3 oydan keyin kuçga kiradi.

Butun respublika böyiça issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflarini oşirişga oid hukumat qarori loyihasi esa, garçi yuqoridagi ayrim hujjatlar bilan bir vaqtda muhokamaga qöyilgan bölsa ham, hali imzolanmadi. Eslatib ötamiz, loyihada poytaxtdagi tariflarni 30 foizgaça oşiriş nazarda tutilgan edi.

Metan-şoxobçalar faoliyati çeklanişi mumkin

Inflyatsiya tezlaşdi va yil oxirigaça yana tezlaşişi kutilmoqda

Inflyatsiyani 5 foizga tuşirişni özining boş maqsadi qilib belgilagan Markaziy bank inflyatsiya prognozini bu yil ham oşirişga majbur böldi. Idora rahbariyatining ötgan oydagi yiğilişida yil oxiridagi inflyatsiya 6,5 foiz bölişi prognoz qilingan edi, payşanba kungi yiğilişda esa bu prognoz 7 foizgaça oşirildi.

Markaziy bank Pul-kredit siyosati departamenti direktori Samiğjon Inoğamovning izohlaşiça, issiq suv va isitiş taʼminotida kutilayotgan yangi tariflar regulyatorning dastlabki kutilmalaridan balandroq bölib çiqqan, şu sababli ham inflyatsiya prognozini oşirişga töğri kelgan. Ayni paytda rasmiylar 2027-yilga katta optimizm bilan qarayapti: regulyator prognoziga köra, 2026-yil dekabrida 7 foiz böladigan inflyatsiya 2027-yil dekabrida 5 foizlik targetgaça pasayişi kerak.

Hafta davomida Statistika qömitasi oktabr yakuni böyiça yillik inflyatsiyani 6,5 foiz (ötgan oyga nisbatan +0,1%) deb eʼlon qildi. Şunga qaramay, Markaziy bank boşqaruvi asosiy stavkani tuşirişga hali ham erta deb hisoblayapti. Bundan 20 oy muqaddam, 2025-yil mart oyida – inflyatsiya 10 foizdan baland bölib turgan paytda örnatilgan 14 foizlik stavka Markaziy bank boşqaruvining payşanba kungi yiğilişida ham yana özgarişsiz qoldirildi. Maʼlum qilinişiça, yiğilişda stavkani 13,5 foizgaça tuşiriş imkoniyati ham körib çiqilgan, lekin tariflar oşişining taʼsiri va boşqa omillar sabab, monetar şart-şaroitlarni yumşatiş hozirça maqsadga muvofiq emas deb topilgan.

Narx-navolarga uzoq muddatda ijobiy taʼsir körsatişi kerak bölgan Jahon savdo taşkilotiga aʼzolik masalasi esa, keyingi yilga qoladigan böldi. Yodingizda bölsa, Özbekiston bu taşkilotga 2026-yil mart oyida aʼzo bölib kirişni maqsad qilgan, lekin buning uddasidan çiqilmagan edi. Kuni keça Toşkentda matbuot anjumani ötkazgan işçi guruh raisi Sung-Ye Çoining sözlariga köra, Özbekiston muzokaralarni şu yil yakunlaş va 2027-yilda aʼzo bölişni maqsad qilgan. Prezident Administratsiyasi boş inspektori Iskandarbek Genjayevning tuşuntirişiça, JST aʼzolari tomonidan qöşimça savollar va majburiyatlar örtaga qöyilişi, ularni Özbekiston manfaatlarini hisobga olgan holda kelişiş qöşimça vaqt talab qilmoqda.

Davlatning iqtisodiyotdagi iştiroki va davlat korxonalarini qöllab-quvvatlaş kabi masalalar böyiça muzokaralar murakkab keçyapti, deya maʼlum qildi Administratsiya vakili.

Xavfsiz talaba: majburlaşga aylangan “tarğibot”

Avvaliga hamma haydovçilarni Road24 ilovasidan SafeRoad ilovasiga ötişga çaqirgan, keyinroq Mening inspektorim va APK Qöriqçi kabi ilovalarni faol tarğib qilgan içki işlar xodimlari, endi Xavfsiz talaba ilovasi atrofidagi muhokamalarda ham közga taşlanmoqda. Bir neça kundirki Toşkentda talabalar telefoniga Xavfsiz talaba ilovasini “ixtiyoriy-majburiy” tartibda örnatiş kampaniyasi ketmoqda.

Kun.uz'ga kelib tuşgan murojaatda, Turkiy davlatlar xalqaro universitetida talabalar bu ilovani örnatmagani uçun içki işlar xodimlari tomonidan “15 sutka” bilan qörqitilgani haqida söz boradi. Murojaatçi talabalarga köra, bir haftadan beri oliygohga kirişda ulardan telefonlariga “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talab qilinyapti. 3-noyabr kuni Uçtepa tumani IIB boşliği örinbosari Abduraşid Oçilov boşçiligidagi guruh dars vaqtida auditoriyalarga bostirib kirib, talabalarning telefonlarini tekşirgan, ilova örnatmaganlardan uni yuklab olişni talab qilgan, savol bergan talabalardan birini esa 15 sutkaga qamatiş bilan qörqitgani aytilyapti. Içki işlar vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan Kun.uz sörovini javobsiz qoldirdi.

Uçtepa tumanida joylaşgan boşqa bir oliygoh – Jahon tillari universitetida ham şu ilova maşmaşasi kötarilgan. U yerda ilovani örnatmagan talabalar darslarga kiritilmagani haqida xabarlar bor. Universitet maʼmuriyati bu xabarlarni rad etgan bölsa-da, aynan Xavfsiz talaba ilovasini tarğib qilişdagi xatolari uçun Tarjimonlik fakulteti dekani işdan olinganini tasdiqladi. Ammo dekan şunçaki yuqoridan kelgan topşiriqni bajargani, faqat şu oliygohdagi masala internetga çiqib ketgani uçungina işdan olinişi adolatsizlik bölganini aytayotganlar ham bor.

Tarmoqda tarqalgan suratda Toşkent şahri böyiça talabalarning ilovani örnatganlik darajasini oliygohlar kesimida körsatuvçi hisobot-jadval yuritilayotganini köriş mumkin. 6-noyabr holatiga, Google Play'da Xavfsiz talaba ilovasini yuklab olişlar soni 50 mingtaga yetgan.

Holat yuzasidan batafsil rasmiy izohni Boş prokuratura taqdim etdi. Maʼlum bölişiça, “Xavfsiz talaba” platformasini tarğib qiliş jarayonlariga Boş prokuratura boş-qoş bölib turibdi, çunki idoraga bu borada alohida vazifalar yuklatilgan. Ilova talabalarga taʼlim jarayoni haqidagi maʼlumotlarni onlayn oliş, davlat idoralariga murojaat yuboriş va murojaatlariga javob oliş, SOS tugmasi orqali yordam çaqiriş imkonini beradi; şuningdek, oliygohga va talabalar yotoqxonasiga kirişda kalit vazifasini bajaradi.

“Talabalarning mazkur mobil ilovaga ulanişi majburiy emas. Boş prokuratura tomonidan olib borilayotgan tarğibot işlari platformaning qulayliklari va imkoniyatlarini tuşuntiriş, talabalar hamda taʼlim muassasalari vakillarida undan foydalanişga qiziqiş uyğotişga qaratilgan”, – deyiladi idora bayonotida.

Quriliş sohasida eski muammoning yangi sahifasi

Hali-hamon tayinli tartibga solinmagan quriliş bozorida quruvçi kompaniyalar isteʼmolçilar huquqlarini poymol qilişda davom etyapti. Raqobat qömitasining maʼlum qilişiça, Toşkent şahri va 11 ta viloyatdagi 132 ta quriliş taşkilotining şartnomalari örganib çiqilganida, ularda isteʼmolçilar huquqlarini çeklovçi şartlar borligi aniqlangan.

Tahlil qilingan şartnomalarning 77 foizida şartnoma bekor qilingan taqdirda tölangan mablağni qaytariş muddati belgilanmagan yoki belgilangan muddat dastlabki tölov muddatiga muvofiq kelmagan. Hujjatlarning 64 foizida xonadon qabul qilib olinganidan keyingi kafolat muddati körsatilmagan. 59 foiz şartnomalar faqat bir tomon – quruvçining manfaatlarini közlab yozilgan. Şartnomalarning 51 foizida esa qurilişni yakunlaş muddati keçiktirilgan taqdirda penya tölanişi nazarda tutilmagan.

Raqobat qömitasi örganiş natijalaridan kelib çiqib “tegişli instansiyalarga” takliflar kiritganini bildirdi, aynan qanaqa takliflar haqida gap ketayotgani esa maʼlum emas. Yangi takliflarning kiritilayotgani yaxşi, lekin “yovvoyi” bir şakldagi bozorni tartibga keltiriş böyiça avval belgilangan vazifalar ijrosi çala yotganini taʼkidlamaslikning iloji yöq.

Aslida, 2025-yil fevralida imzolangan farmonga binoan, 2026-yil 1-yanvardan boşlab, aholidan uluş jalb qiliş asosidagi barça qurilişlar majburiy tartibda eskrou tizimiga ötkazilişi kerak edi. Bu tizimda aholi pulni töğridan töğri quruvçiga bermasdan, bankdagi eskrou hisobvarağiga kiritişi, bank esa şuning hisobiga quruvçini arzonroq stavkalarda moliyalaştirişi nazarda tutilgan. Amalda esa 2026-yil 1-yanvardan bu tizim işga tuşgani yöq. Tegişli qonun loyihasi 28-iyul kuni Qonunçilik palatasida birinçi öqişdan ötgan edi, lekin şundan keyin bu hujjatdan boşqa darak bölgani yöq.

Şunday ekan, Toşkentdagi Imarat Development bilan kuzatilayotgan holat – öyin qoidalari davlat tomonidan yetarliça tartibga solinmaganining navbatdagi oqibati böldi. Uylar vaqtida topşirilmagani, tölangan pullar qaytarilmayotgani, loyihalardan biri poytaxtdan taşqarida joylaşgani kabi eʼtirozlar ortidan, firibgarlik moddasi bilan “Imarat işi” qözğatildi va kompaniya rahbarlari Marat Hamdamov hamda Jasur Azizov hibsga olindi.

Hamdamov hibsga olinişidan avval biznes-hamkori Jasur Azizov va boşqalar kompaniyani undan tortib olişgani haqida bayonot bergandi. Hibsdan keyin rafiqasi Şahzoda Muhammedova ham Azizovga nisbatan ayblovlar bilan çiqiş qildi. Ularning bayonotlari va şu fonda peşona teri bilan yiğgan-tergan pullariga kuyib qolganini aytayotgan xaridorlarning şikoyatlari butun hafta davomida tarmoqlarda eng köp muhokama qilingan mavzulardan biri böldi.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Özbekistonda mustaqillik yillari uçun rekord darajada köp paxta yetiştirildi. 2026-yilgi hosil naq 5 mln tonnani taşkil etgan. Bu – bir yil oldingidan 1 mln tonnaga köproq. Eʼtiborlisi, Özbekiston oxirgi marta 5 mln tonnalik paxta xirmonini kötargan 1990-yilda 1830 gektarga paxta ekilgan, joriy yilda esa 5 mln tonnalik hosil uçun 890 gektar maydon yetarli böldi. Prezident Şavkat Mirziyoyev qişloq xöjaligi xodimlariga tabrik yöllab, erişilgan natijani “tarixiy ğalaba” deb atadi. Davlat rahbarining maʼlum qilişiça, bu yil hosilning 85 foizi maşinada terib olingan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida esa bu körsatkiç 100 foizni taşkil etgan.

Samarqand va Buxoro şaharlari örtasida pulli yöl quriladi. Bu haqda prezident Buxoroga taşrifi vaqtida maʼlum qildi. Davlat rahbariga köra, sement-beton qoplamali zamonaviy trassa ikki qadimiy şahar örtasidagi safar vaqtini hozirgi 5 soatdan 1,5 soatgaça qisqartiriş imkonini berişi kutilyapti. Bundan taşqari, Samarqand–Buxoro yönalişida tezyurar poyezd uçun yangi temiryöl liniyasi ham qurilişi közda tutilgan. Şavkat Mirziyoyev hamkorlar bilan muzokaralarni boşlaş, Buxoroning yangi xalqaro aeroporti qurilişini esa 2027-yil Mustaqillik bayramigaça foydalanişga topşiriş vazifasini qöydi.

Farğonadagi boğçalarda bolalar zaharlanişiga sabab bölgan şaxslar qamoqqa qaytarildi. Kun.uz ötgan hafta yoritgan dastlabki hukmga asosan, 105 nafar boğça tarbiyalanuvçisining zaharlanişida aybdor deb topilgan “Garden Catering Trade” MÇJ mansabdorlariga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangan va ular sud zalidan ozod etilgan edi. Farğona viloyati sudlarining 7-noyabrdagi xabariga qaraganda, kassatsiya instansiyasining hukmi bilan kompaniya rahbari va yana bir masʼul xodimiga berilgan jazo özgartirilib, ulardan biri 4 yilga, ikkinçisi 3,4 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Eslatib ötamiz, oktabr oyi oxirida ham Farğonada önlab boğça bolalarining ovqatdan zaharlanişi kuzatilgan edi.

Farğonada bir haftada ikki oilaning 12 aʼzosi is gazidan vafot etdi. 25-oktabr kuni Farğona tumani Çimyon qişloğida bir oilaning 7 aʼzosi, 1-noyabr kuni Qöqon şahrida bir oilaning 5 aʼzosi is gazidan zaharlanib, halok böldi. Farğona viloyati FVB öz xonadoniga Germaniyaning Vaillant rusumli ikki konturli isitiş qozonini örnatganlarni bu qozondan zudlik bilan voz keçişga çaqirmoqda. Maʼlum qilinişiça, bu qozonlar Germaniyada işlatib bölinib, utilizatsiyaga topşirilgan va foydalanişga yaroqsiz hisoblanadi. Şunday bölsa-da, ayrim şaxslar Vaillant qozonlarini Özbekistonga noqonuniy yöllar bilan olib kirib, qölbola usulda qayta jihozlagani va göyoki yangi holatga keltirib sotgani aytilmoqda.