O‘zbekiston | 07:40 / 09.11.2023
10131
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda M39 xalqaro avtomagistral yo‘li va ayrim xonadonlarni sel bosdi

M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Boysun tumanidan o‘tgan qismida sel-suv toshqinlari yo‘l qatnov qismiga chiqib kelgan. Hozirda sel oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Kecha, 8 noyabr kuni M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Surxondaryo viloyati Boysun tumani Chilonzor mahallasidan o‘tgan qismida sel-suv toshqinlari yo‘lning qatnov qismiga chiqib kelgan

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, hodisa joyiga tuman hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari xodimlari yetib borgan va vaziyat nazoratga olingan.

Qayd etilishicha, hozirda sel-suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, yo‘ldagi loy-shag‘al aralashmasini tozalash ishlari olib borilmoqda. Transport harakati tiklangan. 

Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan yo‘l bo‘yida joylashgan ayrim xonadonlar va boshqa obektlarda suv to‘plamlarini tozalash ishlari davom ettirilmoqda.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Bundan oldin, joriy yil 8-9 noyabr kunlari kuchli yomg‘irlar natijasida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 