DXX Çegara qöşinlari tomonidan Bojxona qömitasi bilan hamkorlikda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini respublikaga olib kirişga bölgan navbatdagi uriniş bartaraf etildi.
2025 yil 9 fevral kuni Surxondaryo viloyatidagi “Termiz avtoyöllari” xalqaro ötkaziş punkti orqali respublika hududidan tranzit tarzida ötiş uçun kirib kelgan yuk avtotransport vositasini belgilangan texnologik sxema asosida çegara nazoratidan ötkaziş jarayonida mazkur avtotransport vositasiga ortilgan 13,5 tonna oğirlikdagi supurgi xodimlarning diqqatini tortdi.


Şundan söng, mazkur avtotransport vositasi “Termiz avtoyöllari” xalqaro ötkaziş punktiga tutaş hududdagi "Termiz" taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tasarrufidagi bojxona omboriga keltirilib, undagi tovarlar çuqurlaştirilgan körikdan ötkazildi.
Aniqlanişiça, yuk avtotransport vositasiga 180 ta qopda supurgi jöxorisi ösimligidan tayyorlangan 22 ming 500 dona xöjalik supurgilari ortilgan. Mazkur supurgilarni sinçiklab közdan keçiriş davomida, 2986 dona supurgilarning dastaklari orasiga aynan supurgi rangiga mos ravişda sariq rangdagi skotç bilan öralgan örtaça 25 sm uzunlikdagi polietilen öramlar yaşirilgani foş böldi. Uşbu öramlar belgilangan tartibda va xolislar iştirokida oçib körilganida, ularning ayrimlari içiga örtaça 200 gr oğirlikdagi ötkir hidli giyohvandlik vositasiga öxşaş modda yaşirilgani aniqlandi.


Şunday qilib, mazkur holatda 2984 dona supurgi dastaklaridan ajratib olingan öramlardagi ötkir hidli töq jigarrang giyohvandlik vositalari ekspress analiz natijalariga köra, “gaşiş” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlandi va uşbu zahri qotil oğirligi öramlari bilan birga 612 kgni taşkil qilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tergovga kadar tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.












