Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qay tartibda moliyalashtiriladi?
Loyihaning umumiy qiymati 4,7 mlrd dollarni tashkil etadi. Shundan 2,35 mlrd dollar ishtirokchi davlatlar tomonidan ularning loyihadagi ulushlariga muvofiq taqsimlanadi. Xususan, Xitoy 1,18 mlrd dollar, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning har biri 573 mln dollardan sarmoya kiritishi lozim. Qolgan 2,35 mlrd dollar Xitoy banklari tomonidan ajratiladigan notijorat kredit hisobidan moliyalashtiriladi.
Foto: Google Maps
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘lining moliyaviy taqsimoti ma’lum qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Keneshining 19 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidagi ma’lumotlarga tayanib, Spot xabar berdi.
Qayd etilishicha, loyihaning umumiy qiymati 4,7 mlrd dollarni tashkil etadi. Shundan 2,35 mlrd dollar ishtirokchi davlatlar tomonidan ularning loyihadagi ulushlariga muvofiq taqsimlanadi. Xususan, Xitoy 1,18 mlrd dollar, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning har biri 573 mln dollardan sarmoya kiritishi lozim.
Qolgan 2,35 mlrd dollar Xitoy tomonidan ajratiladigan notijorat kredit hisobidan moliyalashtiriladi. Hozirda bu borada Xitoy Eksimbanki va XXR Milliy banki bilan muzokaralar olib borilyapti. Temiryo‘l qurilishi 6 yil davom etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 6 iyun kuni Pekinda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha bitim imzolangandi.
Bitimga muvofiq, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li Qashg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi bo‘ylab o‘tadi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, yuk tashish yillik hajmi 15 million tonnagacha yetishi mumkin, tovarlarni yakuniy iste’molchilarga yetkazish muddati esa 7 kunga qisqaradi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit va logistika infratuzilmasi, omborxonalar va terminallar yaratiladi.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi joriy yil oktyabr oyida boshlanishini aytgandi.
Mavzuga oid
20:55 / 09.02.2026
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
23:10 / 06.02.2026